Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Farg‘ona viloyatida 6 ta tuman va 3 shahar chegarasi o‘zgartiriladi
Oliy Majlis Qonunchilik palatasining “Farg‘ona viloyatining Uchko‘prik, O‘zbekiston, Beshariq, Qo‘shtepa, Toshloq, Farg‘ona tumanlari va Qo‘qon, Marg‘ilon, Farg‘ona shaharlari chegaralarini o‘zgartirish to‘g‘risida”gi qarori loyihasi e’lon qilindi.
Vazirlar Mahkamasining taklifi qabul qilinib, Farg‘ona viloyatining Uchko‘prik, O‘zbekiston, Beshariq, Qo‘shtepa, Toshloq, Farg‘ona tumanlari va Qo‘qon, Marg‘ilon, Farg‘ona shaharlari hududi chegaralari o‘zgartiriladi.
Bunda:
- Farg‘ona tumanidan 951,5 gektar (shundan 542,71 gektar qishloq xo‘jaligi) yer maydoni Marg‘ilon shahri tarkibiga;
- Qo‘shtepa tumanidan 133,59 gektar (shundan 17,07 gektar qishloq xo‘jaligi) yer maydoni Marg‘ilon shahri tarkibiga;
- Toshloq tumanidan 34,4 gektar yer maydoni Marg‘ilon shahri tarkibiga;
- Dang‘ara tumanidan 814,9 gektar (shundan 327,5 gektar qishloq xo‘jaligi) yer maydoni Qo‘qon shahri tarkibiga;
- O‘zbekiston tumanidan 1456 gektar (shundan 532,9 gektar qishloq xo‘jaligi yerlari) yer maydoni Qo‘qon shahri tarkibiga;
- Uchko‘prik tumanidan 424,66 gektar (shundan 179,06 gektar qishloq xo‘jaligi yerlari) yer maydoni Qo‘qon shahri tarkibiga;
- Farg‘ona tumanidan 811,66 gektar (shundan 73,91 gektar qishloq xo‘jaligi) yer maydoni Farg‘ona shahri tarkibiga o‘tkaziladi.
Belgilab qo‘yilishicha, Marg‘ilon, Qo‘qon va Farg‘ona shahaplari tapkibiga qo‘shimcha ravishda kipitilayotgan fermer xo‘jaliklari va boshqa qishloq xo‘jalik korxonalariga qapashli yeplap ularning ixtiyopida qoladi.
Mavzuga oid
17:02 / 15.05.2025
“Baribir shu yerga quramiz”– Farg‘ona shahrida bolalar maydonchasi o‘rniga “dom” qurilyapti
10:55 / 06.05.2025
Chegarada ushlab qolingan madaniy boyliklar summasi ma’lum qilindi
13:36 / 03.05.2025
Farg‘ona va Urumchi o‘rtasida to‘g‘ridan to‘g‘ri aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yilyapti
16:52 / 29.04.2025