Jahon | 17:28 / 27.03.2022
27917
2 daqiqa o‘qiladi

LXR rahbariyati Rossiya tarkibiga qo‘shilish bo‘yicha referendum o‘tkazilishini ma’lum qildi

Lugansk xalq respublikasi rasmiylari Rossiyaga qo‘shilish bo‘yicha referendum o‘tkazish uchun yig‘ildi.

Foto: Luganskiy Informatsionnyy Tsentr

O‘zini o‘zi mustaqil deb e’lon qilgan Lugansk xalq respublikasi rahbari Leonid Pasechnik yaqin orada Rossiya tarkibiga qo‘shilish bo‘yicha referendum o‘tkazilishini ma’lum qildi.

«Menimcha, tez orada respublika hududida referendum o‘tkaziladi. Xalq o‘z konstitutsion huquqini amalga oshirib, Rossiyaga qo‘shilish bo‘yicha o‘z fikrini aytadi. Nimagadir aynan shunday bo‘lishiga ishonyapman», dedi Pasechnik.

Senator Andrey Klishas LXR va DXR agar bu ularning konstitutsiyalariga zid kelmasa, Rossiya tarkibiga kirish bo‘yicha qaror qabul qilish huquqiga egaligi, Moskva ularning suverenitetini tan olishini ta’kidladi.

Rossiya Davlat dumasining MDH, Yevroosiyo integratsiyalashuvi va vatandoshlar bilan muloqot ishlari bo‘yicha qo‘mitasi raisi Leonid Kalashnikov esa hozir LXR Rossiya tarkibiga qo‘shilishi uchun maqbul vaqt emasligini aytgan.

21 fevral kuni Rossiya o‘zini mustaqil deb e’lon qilgan LXR va DXRni tan olganini e’lon qilgandi. 22 fevral kuni Rossiya Federatsiya kengashi bu ikki o‘zini mustaqil deb e’lon qilgan respublikalar bilan do‘stlik va hamkorlik bo‘yicha shartnoma kelishuvni ratsifikatsiya qildi. O‘sha kunning o‘zida kengash Donbassga rus armiyasi kiritilishiga ruxsat berdi. 24 fevral kuni Rossiya Ukrainada harbiy harakat boshladi.

Mavzuga oid