Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston yoshlar delegatsiyasi Alisher Sa’dullayev boshchiligida ilk marta volontyorlar forumida ishtirok etmoqda
Joriy yilning 28 mart kuni Tailand Qirolligining Bangkok shahrida Birlashgan Millatlar Tashkilotining BMT Osiyo va Tinch okeani mintaqasi uchun ijtimoiy va iqtisodiy komissiyasining Osiyo-Tinch okeani mintaqasi Barqaror rivojlanish forumi va uning doirasida Jahon mamlakatlari volontyorlik hisobotining 2022 yil uchun mintaqaviy ishga tushirish marosimi bo‘lib o‘tmoqda.
Mazkur nufuzli volontyorlar forumida ilk marotaba O‘zbekiston namunaviy davlat sifatida tanlab olingan. Unda Yoshlar ishlari agentligi direktori Alisher Sa’dullayev boshchiligidagi O‘zbekiston delegatsiyasi ishtirok etmoqda. Forumda Alisher Sa’dullayevning nutq so‘zlashi rejalashtirilgan.
Ta’kidlash joizki, BMT Osiyo va Tinch okeani mintaqasi uchun ijtimoiy va iqtisodiy komissiyasining Osiyo-Tinch okeani mintaqasi Barqaror rivojlanish forumining ochilish marosimi hamda asosiy tadbir BMT Volontyorlari dasturi Ijrochi koordinatori o‘rinbosari Kyoko Yokosuka xonim, BMTning Osiyo va Tinch okeani mintaqasi uchun iqtisodiy va ijtimoiy komissiyasi ijrochi kotibi Armida Salsiah Alisjahbana xonim, Tailand Bosh vazirining o‘rinbosari va Tashqi ishlar vaziri Don Pramudvinai, shuningdek, Bangladesh Respublikasi Mahalliy boshqaruv, qishloq taraqqiyoti va kooperatsiya vaziri Tazul Islom ham ishtirok etishadi.
Forumni onlayn kuzatish uchun havola: https://www.facebook.com/UNVAsiaPacific
Yoshlar ishlari agentligi matbuot xizmati Ⓣ
Mavzuga oid
21:02 / 17.05.2025
O‘zbekistonda millionlab yoshlarni birlashtirayotgan yirik festival o‘tkazilmoqda
22:05 / 17.03.2025
Yoshlar yetakchilari “Ibrat Academy” ilovasining pulli versiyasini sotib olishga majburlangani aytildi. Agentlik buni rad etdi
20:50 / 27.02.2025
Amaldorlar daraxtlarni kesayotganda yoshlarni daraxt ekishga ilhomlantirish mumkinmi? – mas’ullarning javobi
14:45 / 27.06.2024