Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qimmatbaho metallarni tadbirkorlar tomonidan qazib olish tartibi belgilandi
Hukumat qarori bilan qimmatbaho metallarni oltin izlovchilar usulida qazib olish faoliyatini amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.
Qimmatbaho metallarni oltin izlovchilar usulida qazib olish uchun ruxsatnomalar Davlat geologiya qo‘mitasi tomonidan har yili tasdiqlanadigan yer qa’ri uchastkalari bo‘yicha beriladi. Bunda yer qa’ri uchastkasi ishonchli, aniq konturlari va chegaralari ko‘rsatilgan, o‘lchami 5 gektargacha bo‘lgan sochma oltin konlari bo‘ladi.
Yer qa’ri uchastkalari “Ye-auksion” portaliga qo‘yiladi va uning bir gektari boshlang‘ich narxi bazaviy hisoblash miqdori 35 baravari (9 mln 450 ming so‘m) etib belgilanadi.
Ruxsatnomalar “Ye-auksion”dagi auksion yakunlari bo‘yicha faqat O‘zbekiston rezidentlariga 3 yilga beriladi. Ruxsatnoma olganlar qazish ishlarini boshlashdan avval yozma ravishda hokimlikni, Ekologiya qo‘mitasi, Sanoat xavfsizligi qo‘mitasi, Kon-geologiya inspeksiyasini xabardor qilishi kerak.
Qazib olingan qimmatbaho metallar qabul kassalariga, zargarlik buyumlarini ishlab chiqaruvchi tadbirkorlarga sotiladi.
Mavzuga oid
13:03 / 20.05.2025
Tadbirkorlarga modulli mehmonxonalar qurish uchun subsidiya ajratiladi
16:17 / 03.05.2025
Toshkentda ruxsatsiz o‘rnatilgan reklama, banner va peshlavhalar olib tashlanmoqda
16:23 / 30.04.2025
Turagentlik faoliyati uchun litsenziya talabi bekor qilinadi
14:26 / 29.04.2025