Buxoroda qariyb 600 metrlik yashirincha quvur orqali 600 mln so‘mlik gaz “o‘g‘irlandi”
Buxoro viloyatida tabiiy gazdan noqonuniy foydalangan gips ishlab chiqarish sexi aniqlandi. Gaz quvuridan sexgacha 574 metr yashirin quvur tortilgan.
Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining ma’lum qilishicha, “K.A.R.” MChJ tomonidan Kogon-Qorovulbozor yo‘nalishida tortilgan gaz quvuriga noqonuniy ulanib, ushbu quvurdan MChJga qarashli gips ishlab chiqarish sexigacha yer ostidan yashirincha 574,28 metr quvur tortib borilgan. Tabiiy gazdan noqonuniy foydalanish oqibatida davlat va jamiyat manfaatlariga 613,8 mln so‘m zarar yetkazilgan.
Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 185-2-moddasi (elektr, issiqlik energiyasi, gaz, vodoprovoddan foydalanish qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Mavzuga oid
09:51 / 21.11.2024
Buxoroning ayrim hududlarida gaz ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi
20:55 / 20.11.2024
“Eski, sovuq sinfxonalarda o‘qiyapmiz” – Buxoroda qurilishi bitmagan maktab-internat o‘quvchilari sarson bo‘lyapti
18:24 / 20.11.2024
Fayzulla Xo‘jayevning jiyani professor Sulaymon Inoyatov vafot etdi
14:38 / 20.11.2024