Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Gidrometeorologiya sohasida yuridik shaxslar faoliyatini tashkil etishga ruxsat beriladi
Vazirlar Mahkamasining “Gidrometeorologiya faoliyatini amalga oshiruvchi yuridik shaxslar ishini tashkil etish va ma’lumot almashish reglamentini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarori loyihasi e’lon qilindi.
Gidrometeorologik faoliyat – meteorologiya, gidrologiya, glyatsiologiya, iqlimshunoslik, agrometeorologiya, aerologiya, aviatsiya meteorologiyasi, atrof tabiiy muhit ifloslanishining monitoringi va gidrometeorologik jarayonlarga faol ta’sir ko‘rsatish sohasidagi gidrometeorologik axborotni tayyorlash (kuzatish, yig‘ish, unga ishlov berish, uni tahlil qilish, saqlash va undan foydalanish), tarqatish jarayonini muvofiqlashtirish uchun yuridik shaxslar faoliyatini tashkil etish va ma’lumot almashinish reglamenti tasdiqlanadi.
Gidrometeorologiya xizmati markazi (“O‘zgidromet”) tomonidan gidrometeorologik faoliyatni amalga oshiruvchi yuridik shaxslarning gidrometeorologik kuzatuvlar idoraviy tarmog‘i uchun zarur metodik ko‘rsatmalar, tahliliy mahsulotlar va xizmatlar ko‘rsatish tizimli tashkil etiladi.
Belgilanishicha, gidrometeorologik faoliyat bilan shug‘ullanuvchi yuridik shaxslar, fuqarolar va jamoat birlashmalari o‘zaro kelishuv shartnomalari orqali qonunchilikka muvofiq gidrometeorologiya sohasidagi maxsus vakolatli davlat organi – “O‘zgidromet” bilan ma’lumot almashishi mumkin.
Mavzuga oid
16:10 / 22.05.2025
O‘zbekiston va Rossiya gidrometeorologiya sohasida mutaxassislarni tayyorlaydi
11:14 / 31.01.2025
Yangi Zelandiyadagi Taranaki tog‘i yuridik shaxs deb tan olindi
07:50 / 17.06.2024
O‘zbekistonda anomal issiq qachon kuzatilishi mumkinligi aytildi
11:34 / 21.04.2022