Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Kadastr agentligiga yangi direktor tayinlandi
O‘zdonmahsulot» aksiyadorlik kompaniyasi boshqaruvi raisi sifatida ishlab kelayotgan Farrux Po‘latov Kadastr agentligi direktori lavozimiga tayinlandi.
Farrux Po‘latov Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligi direktori lavozimiga tayinlandi. Bu haqda Nigoh Telegram kanali xabar bermoqda.
Shu kunga qadar u «O‘zdonmahsulot» aksiyadorlik kompaniyasi boshqaruvi raisi sifatida faoliyat yuritgan.
Avvalroq, Kadastr agentligi sobiq direktori Fazliddin Umarovning Samarqand shahrining hokimi etib tayinlangani xabar qilingandi.
Ma’lumot uchun, 1979 yilda tug‘ilgan Farrux Po‘latov «O‘zdonmahsulot» raisi lavozimiga kelgunga qadar Bosh prokuratura huzuridagi Soliq, valutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamenti (hozirgi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti) Farg‘ona boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlagan. Shuningdek, Farg‘ona va Namangan viloyatlari prokuratura organlarida turli lavozimlarda faoliyat yuritgan.
Mavzuga oid
14:44 / 21.05.2025
Ko‘chmas mulkni ommaviy baholash milliy markazi nima bilan shug‘ullanadi?
10:37 / 17.05.2025
Ko‘chmas mulkni ommaviy baholash milliy markazi direktori tayinlandi
12:08 / 13.05.2025
Texnik jihatdan tartibga solish agentligi direktoriga o‘rinbosar tayinlandi
19:44 / 07.05.2025