Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Polsha yil oxiriga qadar Rossiya energiya resurslaridan voz kechishni rejalashtirdi
Bosh vazir Mateush Moravetskiyning so‘zlariga ko‘ra, Polsha "aprelda, kechi bilan may oyida Rossiya ko‘miri importiga to‘liq embargo joriy etadi".
Polsha Rossiya energiya manbalaridan voz kechish rejasini yo‘lga qo‘yadi va bu rejani yil oxiriga qadar amalga oshiradi, dedi mamlakat bosh vaziri Mateush Moravetskiy.
"Bugun Rossiya uglevodorodlari- nefti, gazi va ko‘miridan voz kechish bo‘yicha Yevropadagi eng radikal rejani taqdim etamiz. Bu reja Yevropani tiklash uchun muhim", - dedi u.
Moravetskiyning so‘zlariga ko‘ra, Polsha "aprelda, kechi bilan may oyida Rossiya ko‘miri importiga to‘liq embargo joriy etadi".
Bundan tashqari, u Polsha Rossiya neftiga qaramlikni sezilarli darajada kamaytirgani va yil oxiriga qadar Rossiya neftidan voz kechish uchun bor imkoniyatini ishga solishini aytdi.
Moravetskiyning qo‘shimcha qilishicha, may oyida gaz importini ham qisqartirish kutilmoqda.
Qayd etilishicha, Polsha 2022 yil oxiriga qadar Rossiya gazidan to‘liq voz kechishi ko‘zda tutilgan.
Moravetskiy Yevropaning boshqa mamlakatlarini ham Polshadan o‘rnak olishga chaqirdi.
U shuningdek, Yevrokomissiyadan Rossiya uglevodorodlariga soliq belgilashni so‘radi.
Mavzuga oid
11:44 / 19.05.2025
Polshada prezidentlik saylovlarining ikkinchi turi bo‘lib o‘tadi
21:54 / 15.05.2025
Polsha 10 mingta Warmate kamikadze dronlarini sotib oladi
08:40 / 13.05.2025
Xalqaro fuqaro aviatsiyasi tashkiloti MH17 halokati uchun Rossiyani javobgar deb topdi
17:02 / 12.05.2025