O‘zbekiston | 17:19 / 30.03.2022
6960
2 daqiqa o‘qiladi

Qashqadaryoda COVID-19 virusiga qarshi vaksinalarni o‘zlashtirib, sotmoqchi bo‘lgan tibbiyot xodimlariga hukm o‘qildi

Ulardan biriga BHMning 30 baravari miqdorida jarima, yana biriga 2 yil axloq tuzatish jazosi berilgan.

Viloyat IIB axborot xizmatining xabar berishicha, Chiroqchi tumanidagi Ko‘kdala 2-hududiy shifoxonasi Ko‘kdala oilaviy poliklinikasi hamshirasi U.M.R. hamda Chiroqchi tuman markaziy poliklinikasi Annaro‘z shifoxonasida feldsher bo‘lib ishlovchi M.S.X. o‘zaro til biriktirgan.

So‘ng 2021 yilning 11 noyabr kuni o‘zlariga ishonib topshirilgan, budjet mablag‘lariga asosan olib kelingan COVID-19 virusiga qarshi vaksinalarni o‘zlashtirib, fuqaro M.Q.ga 4,6 ming dollarga sotayotgan vaqtida jinoyat ustida qo‘lga olingan.

Yaqinda Jinoyat ishlari bo‘yicha Chiroqchi tuman sudi tomonidan fuqaro U.M.R. va M.S.X.ga hukm o‘qilgan. Unga ko‘ra, fuqaro U.M.R. Jinoyat kodeksining 167-moddasi 2-qismi “v” bandi bilan aybdor deb topilib, unga 1 yil tibbiyot sohasida ishlash huquqidan mahrum qilish hamda BHMning 30 baravari miqdorida jarima jazosi qo‘llangan.

M.S.X.ga esa 2 yil tibbiyot sohasida ishlash huquqidan mahrum qilinib, 2 yil axloq tuzatish ishlari jazosi tayinlangan.

Ғайрат Йўлдошев
Tayyorlagan Ғайрат Йўлдошев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid