AQSh Rossiyani Qora dengizda 100ga yaqin kemani to‘xtatib qo‘yishda aybladi
Ta’kidlanishicha, Rossiya Qora dengizda jahon bozoriga oziq-ovqat yetkazib berishi kerak bo‘lgan 94ta kemani ushlab turibdi.

Foto: DPA
AQSh Davlat departamenti rahbari o‘rinbosari Uendi Sherman global oziq-ovqat inqirozi kelib chiqishiga Rossiya prezidenti Vladimir Putin aybdor deb hisoblaydi.
"Putin urushi oqibatlari Ukraina chegarasidan tashqariga chiqib, jahon oziq-ovqat xavfsizligiga bevosita xavf solmoqda. Adashmang: ushbu oziq-ovqat inqirozini Putin keltirib chiqardi. Buni to‘xtatadigan yagona inson ham u", - deb yozdi Sherman tvitterda.
Uning ma’lumot berishicha, Rossiya hozirda Qora dengizda jahon bozoriga oziq-ovqat yetkazib berishi kerak bo‘lgan 94ta kemani ushlab turibdi.
Davlat departamenti ma’lumotlariga ko‘ra, jahondagi kungaboqar moyi eksportining 75, bug‘doy eksportining 20 foizi Qora dengiz hududiga to‘g‘ri keladi.
"Putin urushi Ukrainadan bug‘doy olib chiqishga imkon bermayapti. Ukraina shaharlari va asosiy infratuzilmasining tinimsiz bombardimon qilinishi oxirgi o‘n yillikdagi eng tez kuchayayotgan gumanitar inqirozlardan birining kelib chiqishiga bevosita sabab bo‘lmoqda", - deb ta’kidladi Sherman.
Tavsiya etamiz
Qimmatga tushgan liposaksiya: blogerni kimlar operatsiya qildi?
Jamiyat | 19:22 / 04.04.2025
NYT Germaniyadagi «urush ofisi» haqida surishtiruv e’lon qildi
Jahon | 15:18 / 04.04.2025
Minbardagi 25 soat: senator Buker nega bunday qildi?
Jahon | 22:47 / 03.04.2025
O‘zbekistonning 9 ta viloyatida sel xavfi e’lon qilindi
O‘zbekiston | 22:24 / 03.04.2025
Mavzuga oid

22:20 / 11.02.2025
“Oziqovqatsanoat” uyushmasi faoliyati tiklanishi mumkin

12:20 / 04.02.2025
Oziq-ovqat mahsulotlari iste’mol normalari har 3 yilda qayta ko‘rib chiqiladi

14:29 / 09.01.2025
O‘zbekistonda oziq-ovqat mahsulotlari tarkibidagi transyog‘larni aniqlash boshlanadi

20:51 / 02.01.2025