Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiya va Hindiston o‘zaro hisob-kitoblar uchun alohida to‘lov tizimi ishlab chiqdi
Yangi tizim bir hafta ichida ishga tushishi aytilmoqda.
Rossiyaning VEB.RF banki va Hindiston zaxira banki o‘zaro hisob-kitoblarda xalqaro pul o‘tkazmalari uchun alohida tizim ishlab chiqdi. Bu haqda Economic Times nashri xabar berdi.
Yangi tizim bir hafta ichida ishga tushishi, bu esa “import yoki eksport kelishuvlarini rubl yoki rupiyada amalga oshirish imkoniyatini berishi” aytilmoqda.
Nashrning yozishicha, Hindiston Rossiyaga tranzaksiya platformalarining bir nechta variantlarini taklif etgan. Hindiston zaxira banki va VEB.RF bosh ofislarida yakuniy variant o‘rnatiladi.
Avvalroq sanksiyalar doirasida Rossiya banklari SWIFT xalqaro to‘lov tizimidan uzib qo‘yilgandi.
Mavzuga oid
20:40 / 27.05.2025
Hindiston xususiy firmalarga zamonaviy qiruvchi samolyotlarini yig‘ishga ruxsat berdi
11:37 / 26.05.2025
Dehlida O‘zbekiston-Hindiston ta’lim forumi o‘tkazildi
21:17 / 23.05.2025
Hindistonda kuchli yomg‘ir oqibatida kamida 45 kishi halok bo‘ldi
21:32 / 21.05.2025