O‘zbekiston | 07:34 / 01.04.2022
3281
2 daqiqa o‘qiladi

2022 yilda normativ-huquqiy hujjatlarni korrupsiyaga qarshi ekspertizadan o‘tkazish tartibi belgilandi

Foto: Shutterstock

Vazirlar Mahkamasining «2022 yilda normativ-huquqiy hujjatlarni korrupsiyaga qarshi ekspertizadan o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori qabul qilindi.

Qaror bilan quyidagi sohalardagi qonunchilikni korrupsiyaga qarshi ekspertizadan o‘tkazish rejasi tasdiqlandi:

  • ijtimoiy ta’minot, sug‘urta va himoya;
  • moliya, kredit va bank faoliyati;
  • tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati;
  • tashqi iqtisodiy faoliyat va bojxona ishi.

Mas’ul davlat organlari va tashkilotlariga normativ-huquqiy hujjatlarni korrupsiyaga qarshi ekspertizadan o‘tkazish jarayonida qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda mustaqil ekspertlar va keng jamoatchilikni faol jalb qilish choralarini ko‘rib borish topshirilgan.

Adliya vazirligiga normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida normativ-huquqiy hujjatlarni korrupsiyaga qarshi ekspertizadan o‘tkazish jarayoniga keng jamoatchilikni jalb qilish uchun zarur imkoniyatlarni yaratish choralari topshirilgan.

Qaror bilan 2021 yilda amaldagi normativ-huquqiy hujjatlarni korrupsiyaga qarshi ekspertizadan o‘tkazish natijasida aniqlangan korrupsiyaviy omillarni bartaraf etish bo‘yicha “yo‘l xaritasi” ham tasdiqlangan.

Avvalroq, 190ta normativ-huquqiy hujjat korrupsiyaga qarshi ekspertizadan o‘tkazilishi xabar qilingandi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid