O‘zbekiston | 08:21 / 01.04.2022
3983
3 daqiqa o‘qiladi

Toshkent va Samarqand xalqaro aeroportida chet elliklarga QQS summasini qaytarish tizimi joriy etiladi

Foto: Kun.uz

Vazirlar Mahkamasining “Chet davlat fuqarolari tomonidan O‘zbekiston chegarasini kesib o‘tishda xarid qilingan tovarlar uchun qo‘shilgan qiymat solig‘ini qaytarish (tax free) tizimini joriy etish to‘g‘risida”gi qarori loyihasi e’lon qilindi.

2023 yil 1 yanvardan boshlab chet davlat fuqarolari tomonidan O‘zbekiston hududida chakana savdo tashkilotlaridan tovarlarni sotib olishda to‘langan qo‘shilgan qiymat solig‘i (QQS) summasini qaytarish “tax free” tizimi Toshkent va Samarqand xalqaro aeroportlari hududida tajriba tariqasida joriy etiladi.

“Uzbekistan Airports” AJ Davlat bojxona qo‘mitasi bilan birgalikda “tax free” tizimi operatorlarining QQS summasini qaytarish maxsus punktlarini qonunchilikda belgilangan tartibda Toshkent va Samarqand xalqaro aeroportlari hududida joylashtirilishi choralarini ko‘radi.

Davlat bojxona qo‘mitasi, Davlat soliq qo‘mitasi, Turizm vazirligi, Transport vazirligi, Moliya vazirligi bilan birgalikda 2023 yil 1 sentabrga qadar “tax free” tizimi tashkil etilishi samaradorligini o‘rganadi hamda o‘rganish natijalariga ko‘ra mazkur tizimni bosqichma-bosqich respublikaning barcha xalqaro aeroportlari, vokzallari hamda bojxona hududidan o‘tkazish punktlarida joriy etish bo‘yicha takliflar ishlab chiqadi.

Davlat soliq qo‘mitasi 2022 yil 1 avgustga qadar quyidagilarni ishlab chiqadi va tasdiqlaydi:

Davlat bojxona qo‘mitasi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan birgalikda “tax free” tizimi ishtirokchilari o‘rtasida axborot almashish imkonini beruvchi “tax free” tizimining integratsiyalashgan axborot dasturi;

Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi “Yangi texnologiyalar” ilmiy axborot markazi” davlat unitar korxonasi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan birgalikda “Tax free” tizimining integratsiyalashgan axborot dasturida maxsus etiketkani rasmiylashtirish va uni chop etish imkoniyatini yaratish;

Moliya vazirligi bilan kelishgan holda “Tax free” tizimi operatori bo‘lish istagini bildirgan yuridik shaxslar bilan o‘zaro kelishuv bitimini tuzish tartibi va shartlari;

“tax free” yozuvi tushirilgan stikerlar va maxsus etiketkalarning namunaviy shakli.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid