Jahon | 17:40 / 02.04.2022
10856
1 daqiqa o‘qiladi

Aliyev va Pashinyan Bryusselda muzokara o‘tkazadi

Muzokara Yevroittifoq vositachiligida o‘tkaziladi.

Foto: president.az

Kelasi haftada Ozarboyjon va Armaniston yetakchilari Bryusselda Tog‘li Qorabog‘ bo‘yicha tinchlik muzokaralarini o‘tkazadi, deb xabar berdi “Yevronyus”. 

O‘tgan haftada Yerevan va Moskva Bokuni Rossiya harbiylari nazoratidagi hududda o‘t ochishni to‘xtatish rejimini buzishda ayblagandi.

Ozarboyjon o‘zining xalqaro tan olingan chegaralari doirasida harakat qilayotganini bildirdi.

Armaniston Rossiyani Ozarboyjonning harakatlarini to‘xtatishga chaqirdi. 

O‘zaro ayblovlarga qaramasdan, Armaniston ham, Ozarboyjon ham nizoni bartaraf etish uchun muzokaralar o‘tkazishga tayyorligini bildirmoqda. Muzokaralar Yevroittifoq vositachiligida o‘tkaziladi.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid