Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Urgutda tog‘da adashib qolgan 4 kishi qutqarildi
Samarqand viloyati Urgut tumanidagi tog‘li hududlarda adashib qolgan 4 nafar fuqaro qutqarildi. Bu haqda viloyat FVB xabar qilmoqda.
Ma’lum qilinishicha, 1 aprel kuni soat 20:25 da Urgut tumani Xo‘jaydiq mahallasida joylashgan «Shirboq ota» ziyoratgohi yuqori tog‘ tizmasida 4 nafar fuqaro sayohat qilib, yo‘ldan adashgani to‘g‘risida viloyat FVBga xabar kelib tushgan.
Zudlik bilan viloyat favqulodda vaziyatlar boshqarmasi qutqaruvchilari xabar qilingan manzilga yetib borib, qidiruv-qutqaruv ishlari olib borilgan.
Qutqaruvchilarning sa’y-harakatlari natijasida 2 aprel kuni soat 04:10 da fuqarolar tog‘dan sog‘-salomat olib tushilgan.
Mavzuga oid
12:31 / 08.04.2025
Urgutda giyohvand modda sotgan maktab direktori 10 yilga qamaldi
10:56 / 02.03.2025
Urgutga temiryo‘l liniyasi tortiladi
11:38 / 17.11.2024
Samarqandda 3 kishining o‘limiga sabab bo‘lgan haydovchiga hukm o‘qildi
10:06 / 19.09.2024