Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
1 dekabrdan qoidabuzarlik uchun haydovchilarga jarima ballarini hisoblash tizimi joriy etiladi
12 oy davomida har bir qoidabuzarlik uchun alohida jarima ballari hisoblab boriladi. 12 ballik limitdan oshgan haydovchilar ma’lum muddatga transport vositasini boshqarish huquqidan mahrum qilinadi.
Prezident “Avtomobil yo‘llarida inson xavfsizligini ishonchli ta’minlash va o‘lim holatlarini keskin kamaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorni imzoladi.
Unga asosan, 2022 yil 1 dekabrdan boshlab haydovchilarga yo‘l harakati qoidabuzarligi uchun jarima ballarini hisoblash tizimi joriy etiladi.
Yo‘l harakati qoidalariga so‘zsiz rioya qilinishini ta’minlash hamda ularni takroran buzish holatlarining oldini olish maqsadida joriy etilayotgan yangi tizimga ko‘ra:
- har bir yo‘l harakati qoidabuzarligi uchun 12 oy davomida alohida jarima ballari hisoblab boriladi;
- hisoblangan jarima ballari belgilangan miqdordan oshgan hollarda haydovchi ma’lum muddatga transport vositasini boshqarish huquqidan o‘rnatilgan tartibda mahrum qilinadi;
- muayyan davr mobaynida yo‘l harakati qoidabuzarligi sodir etmagan haydovchilarga keyinchalik hisoblangan jarima ballarini qisqartirish orqali rag‘batlantirish choralari qo‘llaniladi.
Qarorda Ichki ishlar va Adliya vazirliklariga bir oy muddatda ilg‘or xorijiy tajribani inobatga olgan holda, haydovchilarga yo‘l harakati qoidabuzarligi uchun jarima ballarini hisoblash tizimini joriy etishni nazarda tutuvchi qonunchilik hujjatlari tayyorlanishi vazifasi yuklatilgan.
Mavzuga oid
21:28 / 22.05.2025
Toshkentda yo‘lovchilar avtobus harakatiga to‘sqinlik qilgan avtomobil haydovchisini jazoladi
08:34 / 17.05.2025
Toshkentda 96 marotaba qoidabuzarlik sodir etgan haydovchi aniqlandi
18:39 / 16.05.2025
O‘zbekiston yo‘llaridagi barcha radar va kameralar yil oxirigacha to‘liq xatlovdan o‘tkaziladi
18:04 / 16.05.2025