OIV/OITS: Stereotiplar va haqiqatlar
O‘zbekistonda OIV va OITS haqida kam gapiriladi. Ko‘pchilik unga faqat fohisha va narkomanlar yo‘liqadi deb o‘ylaydi. Lekin dunyoda millionlab bolalar OIV bilan yashaydi, shu jumladan O‘zbekistonda ham bu kasallik bilan tug‘ilgan yoki tibbiy muolaja paytida yuqtirib olgan minglab bolalar bor.
SUBeKTIV loyihasi yangi sonida ana shu bolalar duch keladigan diskriminatsiya, bu kasallikning yuqish yo‘llari, OIV va OITSning farqi va boshqa muhim masalalarga e’tibor qaratdi.
2022 yil 1 fevral kuni e’lon qilingan ma’lumotlarga ko‘ra, bugungi kunda respublikada 45 ming kishi OIV infeksiyasi bilan yashab kelmoqda.
Ularning 55 foizi erkaklar, 45 foizi ayollar, 14 foizini esa 18 yoshga to‘lmagan bolalar tashkil etadi.
OIV infeksiyasi bilan kasallanish ko‘rsatkichi yuqoriligi ichki migratsiya hamda aholi soni ko‘pligi hisobiga Toshkent shahri hamda Toshkent viloyatiga to‘g‘ri keladi.
2019 yilning noyabr oyida o‘sha vaqtdagi bosh davlat sanitariya vrachi Bahrom Almatov O‘zbekistonda har yili 4 mingdan ortiq odamda OITS aniqlanishini aytgan edi.
SUBeKTIV'ning navbatdagi dolzarb mavzudagi ko‘rsatuvini albatta tomosha qiling, uni boshqalarga ham ulashing. Loyihani moddiy qo‘llab-quvvatlash uchun esa quyidagi havolalarni keltirib o‘tamiz:
Mavzuga oid
19:12 / 26.10.2024
“Osmondan pul yog‘adigan” davlatni izlab... | SUB’YeKTIV
13:50 / 22.10.2024
Olimlar OIV bilan kasallangan odamlar o‘rtasida buyrak ko‘chirib o‘tkazish xavfsizligini isbotladi
22:38 / 07.09.2024
Suvsiz O‘zbekiston. Eski mavzuning yangi tafsilotlari
18:11 / 03.07.2024