Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Vuchich Serbiyadagi prezidentlik saylovlarida g‘alaba qozonganini ma’lum qildi
Aleksandr Vuchich Serbiyadagi prezidentlik saylovlarida g‘alaba qozonganini ma’lum qildi. Serbiya progressiv partiyasi shtabida o‘tkazilgan matbuot anjumanida u birinchi turda 60 foizga yaqin ovoz to‘plaganini aytdi.
«Men Serbiyada hech kim qila olmagan ishni qilishga muvaffaq bo‘ldim. Men birinchi turda ikki marta g‘alaba qozongan yagona odamman», - deya siyosatchidan iqtibos keltirgan TASS.
Uning aniqlik kiritishicha, 2 million 245 mingga yaqin ovoz olgan. Vuchichning so‘zlariga ko‘ra, gap saylov uchastkalarining 85 foizidan olingan ma’lumotlar haqida ketmoqda.
3 aprel kuni Serbiyada prezidentlik saylovlari, parlamentga muddatidan oldin saylovlar va mahalliy o‘zini o‘zi boshqarish organlariga, jumladan Belgrad bo‘yicha saylovlar bo‘lib o‘tdi. 6,5 milliondan ortiq fuqaro saylovda ishtirok etish huquqiga ega bo‘ldi.
Bundan oldin Serbiya prezidenti Aleksandr Vuchich mamlakat Ukrainadagi vaziyat tufayli shoshilinch ravishda oziq-ovqat mahsulotlari va neft mahsulotlari sotib olayotganini ma’lum qilgandi.
Mavzuga oid
14:23 / 23.05.2025
Kaya Kallas: Serbiya geosiyosiy tanlov qilishi kerak
20:35 / 07.05.2025
Moskvaga kelayotgan Serbiya prezidenti dronlar tufayli Bokuga qo‘nishga majbur bo‘ldi
11:42 / 07.05.2025
Serbiya OAV: Latviya va Litva Vuchichning samolyotini o‘tkazmaydi
01:17 / 07.05.2025