Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ekvadordagi qamoqxonada sodir bo‘lgan tartibsizliklar oqibatida 20 kishi halok bo‘ldi
Tartibsizliklar mahbuslar guruhlari o‘rtasida qamoqxonadagi ustunlik borasidagi bahs sababli kelib chiqqan.
Ekvadordagi El-Turi qamoqxonasida mahbuslar yuzaga keltirgan tartibsizliklar natijasida 20 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda CNN xabar berdi.
Ekvador milliy politsiyasi qo‘mondoni Karlos Kabreraning ma’lum qilishicha, tartibsizliklar 3 aprel kuni mahbuslar guruhlari o‘rtasida qamoqxonadagi ustunlik borasidagi bahs sababli kelib chiqqan.
Uning so‘zlariga ko‘ra, 19 kishi zo‘ravonliklar qurboni bo‘lgan, bir kishi kimyoviy moddadan zaharlanish natijasida vafot etgan.
Xabar berilishicha, kamida 11 kishi jarohat olgan. Hozirda qamoqxonada tartib tiklangani aytilmoqda.
O‘tgan yili mamlakatdagi Litoral qamoqxonasida ro‘y bergan to‘qnashuvlar oqibatida kamida 68 nafar mahbus halok bo‘lib, o‘nlab kishilar jarohatlangandi. Sentyabr oyi oxirida ham mahbuslar bilan to‘lib-toshgan ushbu qamoqxonada ikki raqobatchi guruh o‘rtasida qonli to‘qnashuvlar ro‘y berishi natijasida 119 kishi qurbon bo‘lgandi.
Mavzuga oid
13:35 / 14.04.2025
Ekvadorning amaldagi prezidenti saylovlarda g‘alaba qozondi
21:10 / 29.03.2025
AQSh qo‘shinlari jinoiy to‘dalar tufayli Ekvadorga kiritilishi mumkin
11:35 / 22.04.2024
Ekvador hukumati uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurash choralarini kuchaytiradi
09:24 / 22.04.2024