Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Mahallada qurilish bilan norasmiy shug‘ullanayotgan fuqarolardan iborat brigadalar tuziladi
Prezidentning “Mahallalarda aholi bandligini oshirish va norasmiy bandlikni qisqartirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori loyihasi e’lon qilindi.
Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi hamda Qurilish vazirligining mahallalarda qurilish ishlari bilan norasmiy shug‘ullanayotgan jismoniy shaxslar faoliyatini rasmiylashtirishni rag‘batlantirish maqsadida qurilish-ta’mirlash brigadalar tuzilishi bo‘yicha taklifi ma’qullanadi.
Bunda:
qurilish-ta’mirlash brigadalari a’zolari o‘zini-o‘zi band qilgan shaxslar sifatida ro‘yxatga olinadi, shuningdek brigadalarga xorijiy davlatlarda qurilish sohasida ishlab qaytgan fuqarolarni jalb etishga e’tibor qaratiladi;
- qurilish-ta’mirlash brigada a’zolariga mehnat qurollari va asbob-uskunalar sotib olish uchun bazaviy hisoblash miqdorining 15 baravarigacha subsidiya ajratiladi;
- qurilish-ta’mirlash brigadalariga - jismoniy shaxslar pudratchilar tomonidan qurish mumkin bo‘lgan obektlarni qurish va ta’mirlash ishlarini bajarishga hamda murakkab bo‘lmagan umumiy qurilish, qurilish-ta’mirlash ishlarini (beton quyish, bo‘yoqchilik, suvoqchilik ishlari, g‘isht va kafel terish, perforatsiya, duradgorlik, chilangarlik va boshqa umumiy qurilish ishlari) amalga oshirish huquqi beriladi;
- pudrat tashkilotlari qurilish-ta’mirlash brigadalari bilan shartnoma tuzadilar, bunda pudrat tashkilotlari brigada a’zolari bilan pudrat shartnoma asosida ishlarni bajaradi;
- pudrat tashkilotlari qurilish-ta’mirlash brigada a’zolarining mehnat muhofazasi uchun kerakli sharoit yaratib beradi, brigada a’zolarining mehnat muhofazasi qoidalariga amal qilishi uchun javobgarlik brigada boshlig‘i zimmasiga yuklatiladi.
Mavzuga oid
16:14 / 23.01.2025
2030 yilgacha kamida 100 ta «Yangi O‘zbekiston» massivi quriladi
14:59 / 15.01.2025
“40-50 yillik daraxtlar kesib tashlandi” – Anhor kanali bo‘yidagi qurilishdan odamlar norozi
15:21 / 10.01.2025
Tanqiddan so‘ng: Navoiyda 167 xonadonli “novostroyka”ni 425 kishiga sotgan quruvchi qamoqqa olindi
17:38 / 28.12.2024