Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xorijga ishlash uchun yuborilayotgan fuqarolar rasmiy band aholi toifasiga kiritiladi
Prezidentning “Mahallalarda aholi bandligini oshirish va norasmiy bandlikni qisqartirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori loyihasi e’lon qilindi.
Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tashkillashtirilgan holda xorijiy davlatlarga vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun yuborilayotgan fuqarolarni rasmiy band aholi toifasiga kiritadi.
Mahallalarda ishsizlikni kamaytirish va norasmiy bandlikni qisqartirish bo‘yicha quyidagi qo‘shimcha imkoniyatlar joriy etiladi:
- xizmatlar sohasi va uy sharoitida shug‘ullanadigan 11 ta faoliyat turlari o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar faoliyat (ishlar, xizmatlar) turlariga kiritiladi;
- shaxsiy tomorqalarda bandlikning 9 ta qo‘shimcha turi Moliya vazirligi huzuridagi Budjetdan tashqari pensiya jamg‘armasiga yiliga bazaviy hisoblash miqdorining bir barobari miqdorida sug‘urta badali to‘langan taqdirda rasmiy band hisoblanadigan toifaga kiritiladi, shuningdek, tomorqada rasmiy band bo‘lib hisoblanish uchun 4 sotix tomorqa, kamida 50 bosh parranda bo‘lishiga qo‘yilgan talablar bekor qilinadi;
- Davlat soliq qo‘mitasi mahallalarda (savdo majmualari va bozorlar bundan mustasno) faoliyat yuritayotgan yakka tartibdagi tadbirkorlar o‘zining yollanma ishchilari uchun Pensiya jamg‘armasiga to‘lashi lozim bo‘lgan to‘lov miqdorini har bir oyiga bazaviy hisoblash miqdorining 50 foizidan bir yilga bazaviy hisoblash miqdorining bir baravari miqdorigacha tushiradi.
Mavzuga oid
10:18 / 23.05.2025
O‘zbekistonlik 1500 dan ortiq fuqaro Sloveniyada ish topishi mumkin
00:46 / 06.05.2025
Xitoyda muntazam ravishda ortiqcha ishlab kelgan repetitor o‘z ishxonasida vafot etdi
18:39 / 16.04.2025
Bill Geyts sun’iy intellekt ba’zi kasb egalarini ishsiz qoldirishini bashorat qildi
10:49 / 14.04.2025