Jahon | 22:39 / 05.04.2022
11232
2 daqiqa o‘qiladi

Zelenskiy BMT Xavfsizlik kengashi ishini samarasiz deb baholadi

Vladimir Zelenskiy Xavfsizlik kengashini zudlik bilan ichki islohotlar o‘tkazishga chaqirdi.

Foto: Getty Images

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy BMT Xavfsizlik kengashini tanqid qildi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Xavfsizlik kengashining faoliyati Rossiyaning Ukrainaga qarshi urushi fonida samarasiz bo‘ldi.

“Xavfsizlik kengashi qani? Butun dunyoda tinchlik saqlanishiga mas’ul institut samarasiz faoliyat ko‘rsatmoqda. Xavfsizlik kengashi kafolat berishi kerak bo‘lgan o‘sha xavfsizlik qayerda? U yo‘q. Tinchlik uchun tashkil etilgan BMT qani? U yo‘q», dedi Ukraina prezidenti.

Zelenskiy Xavfsizlik kengashini zudlik bilan ichki islohotlar o‘tkazishga chaqirdi. Uning aytishicha, mazkur organ o‘z oldiga qo‘ygan asosiy maqsadlarni amalga oshirishga qodir bo‘lmagani uchun islohotlar zarur. 

«BMTni yopishga tayyormisiz? Xalqaro huquq davri tugadimi? Agar yo‘q deb hisoblasangiz, u holda darhol harakatga kelishingiz zarur. BMT nizomini zudlik bilan tiklash kerak, BMT tizimini isloh qilish kerak», – dedi Zelenskiy. 

U «Rossiya Ukrainani zabonsiz qullarga aylantirishni istayotgani»ni ta’kidladi.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid