Samarqandda 27 yoshli ayolni fohishalik uchun Turkiyaga yubormoqchi bo‘lgan ayol ushlandi
IIB xodimlari tomonidan ayol Samarqand aeroportida qo‘lga olingan.

Foto: Videodan kadr
Viloyat IIB axborot xizmatining xabar berishicha, 2022 yil 16 mart kuni Samarqand shahrida huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan odam savdosiga qarshi tezkor tadbir o‘tkazilgan.
Tadbirda 27 yoshli ayolni Turkiyaga fohishalik qilish uchun yubormoqchi bo‘lgan 36 yoshli ayol Samarqand aeroportida ushlangan. Holat xolislar ishtirokida tegishli tartibda rasmiylashtirilgan.
Qayd etilishicha, holat yuzasidan to‘plangan hujjatlar Samarqand shahri bo‘yicha IIO FMB huzuridagi tergov bo‘limiga taqdim etilgan. Ayolga nisbatan tegishli tartibda jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Avvalroq, Toshkentda yosh qizlarni fohishalik qilish uchun Turkiyaga sotib yuborayotgan ayol ushlangandi.
Mavzuga oid

16:22 / 20.05.2025
Odam savdosi jinoyati uchun jazo choralari kuchaytirildi

14:57 / 09.05.2025
Samarqand shahridagi ko‘p qavatli uyda gaz portladi. 6 kishi halok bo‘lgan

12:20 / 05.05.2025
10 metrlik jarlik ichidagi changalzorga tushib ketgan ikki kishi qutqarildi

10:20 / 05.05.2025