Jahon | 15:31 / 08.04.2022
34845
3 daqiqa o‘qiladi

Chernobildagi rus okoplari, Mariupol va Borodyankadagi xarobalar. Urush suratlari

Ukraina hukumati ma’lumotlariga ko‘ra, 7 aprel kuni Rossiya harbiy kuchlari Kiyev, Chernigov va Sumi oblastlarini to‘liq tark etgan. Dunyoga Rossiya armiyasi tomonidan tinch aholiga nisbatan qilingan zo‘ravonlik holatlarining yangi dalillariga guvoh bo‘lmoqda. BMT Bosh assambleyasi Rossiyaning Inson huquqlari kengashidagi a’zoligini to‘xtatish uchun ovoz berdi. Bunga javoban Rossiya kengashdagi vakolatlarini muddatidan oldin tugatishini ma’lum qildi. RF prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov Rossiya armiyasi Ukrainadagi «harbiy amaliyot» chog‘ida «sezilarli yo‘qotish»ga uchraganini ma’lum qildi.

Quyida Ukrainadagi urushning 43-kunida olingan asosiy suratlar.

«Azovstal» metallurgiya kombinati ko‘rinishi, Mariupol
Alexander Ermochenko / Reuters / Scanpix / LETA
Rossiyaparast kuchlar harbiylari Mariupoldagi uylarda tintuv o‘tkazmoqda
Alexander Ermochenko / Reuters / Scanpix / LETA
Rossiyaparast kuchlar harbiylari Mariupoldagi uylarda tintuv o‘tkazmoqda
Alexander Ermochenko / Reuters / Scanpix / LETA
Mariupolning Levoberyojniy rayonidagi ko‘chalardan birida o‘tirgan kishi
Sergey Bobilev / TASS
Ukrain askarlari Xarkovdagi «Kulinichi» non zavodiga berilgan zarbalardan keyin ko‘tarilgan tutunga qaramoqda
Thomas Peter / Reuters / Scanpix / LETA
Chernigovdagi maktab hovlisida gumanitar yordam kutayotgan odamlar
Evgeniy Maloletka / AP / Scanpix / LETA
Ivankov shahri tashqarisida ketayotgan nogiron erkak, Kiyev oblasti shimoli
Sergei Supinsky / AFP / Scanpix / LETA
Ukrainalik harbiy xizmatchi Buchada yakson etilgan Rossiya harbiy texnikasini ko‘zdan kechirmoqda
Vadim Ghirda / AP / Scanpix / LETA
Bucha aholisi uy hovlisida olov yoqib, ovqat pishirmoqda. Zarbalar tufayli shaharda gaz va elektr ta’minoti yo‘q.
Anastasia Vlasova / Getty Images
Rossiya armiyasining Kiyevdan 40 kilometr g‘arbdagi hududda yakson etilgan tanki
Sergei Chuzavkov / SOPA Images / LightRocket / Getty Images
Chernobil AESga tutash hududda rus askarlari tomonidan qazilgan okoplar. Suratdagi qizg‘ish o‘rmon haligacha radiatsiya darajasi yuqori bo‘lgan hudud hisoblanadi. 1986 yilda reaktor portlashi paytida o‘rmon radioaktiv zarralarning eng katta qismini o‘ziga olgan.
Gleb Garanich / Reuters / Scanpix / LETA
Qutqaruvchilar Kiyev oblastidagi Borodyankada shahridagi uy xarobalarida ishlamoqda. Uy rossiyalik harbiylar zarbalari ostida vayron bo‘lgan.
Zohra Bensemra / Reuters / Scanpix / LETA
Borodyankada rus harbiylari zarbalaridan vayron bo‘lgan binodagi ishdan keyin dam olayotgan qutqaruvchilar, Kiyev oblasti
Marko Djurica / Reuters / Scanpix / LETA
Faollardan biri ukrainalik yozuvchi Taras Shevchenko haykalining o‘qdan shikastlangan qismini ramziy ravishda bint bilan o‘ramoqda. Kiyev oblasti, Borodyanka.
Aleksey Filippov / AFP
Азиз Қаршиев
Muallif Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid