O‘zbekiston | 19:04 / 08.04.2022
8783
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonda 2022 yilda Tibbiy-ijtimoiy xizmatlar agentligiga 31 mlrd so‘m ajratiladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Saxovat, Muruvvat va Mehribonlik uylari hamda maxsus maktab internatlari faoliyati bo‘yicha videoselektorda mas’ullarga 2022 yilda imkoniyati cheklangan bolalar va kattalarni zarur jihozlar bilan ta’minlash maqsadida Tibbiy-ijtimoiy xizmatlar agentligiga 31 milliard so‘m mablag‘lar ajratish bo‘yicha topshiriq berdi. Bunda:

  • bolalar serebral falaji, umurtqa pog‘onasi kasal bo‘lgan shaxslarda mustaqil yurish funksiyalarini qayta tiklash uchun 20 dona «Ekzo-skelet» uskunasi;
  • 880 nafar nogironligi bo‘lgan shaxslarga zamonaviy pultli aravachalar;
  • ko‘zi ojiz bolalar va kattalar uchun 1 ming 800 dona ovozli termometr, 2 ming dona ovozli tonometr, 2 ming dona Brayl alifbosi bo‘yicha yozuv moslamalari;
  • nogironligi bo‘lgan shaxslar favqulodda vaziyatlarga tushganda ularga tezkor yordam ko‘rsatish uchun 6 mingta maxsus funksiyalarga ega «Smart soat»lar, shuningdek yetarli miqdorda eshitish moslamalari xarid qilish nazarda tutiladi.

«Hozirgi kunda Saxovat va Muruvvat internat uylarining 5 ming 500 nafar yashovchilari bahorgi tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilib, ulardan 3 ming nafari ambulator, 241 nafari statsionar sharoitda davolanishni boshlagan», — dedi Shavkat Mirziyoyev.

Prezident mas’ullarga «Ijtimoiy xizmat» elektron platformasini 1 mayga qadar ishga tushirish bo‘yicha topshiriq berdi.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid