Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Salmonellyoz kasalligi tarqalishi sababli Belgiyadagi shokolad fabrikasi faoliyati to‘xtatildi
Ta’kidlanishicha, salmonellyoz tarqalishi va fabrikadagi ishlab chiqarish o‘rtasida bevosita bog‘liqlik mavjudligi aniqlangan.
Belgiya oziq-ovqat xavfsizligi agentligi salmonellyoz kasalligi bilan bog‘liq holatlar qayd etilgani sababli Belgiyaning Arlon shahridagi Kinder mahsulotlari ishlab chiqaruvchi Ferrero shokolad fabrikasi faoliyatini vaqtinchalik to‘xtatib qo‘ydi.
"Yevropada oxirgi bir necha hafta ichida salmonellyoz bilan bog‘liq yuzdan ortiq holatlar qayd etildi", - deyiladi agentlik bayonotida.
Ta’kidlanishicha, salmonellyoz tarqalishi va fabrikadagi ishlab chiqarish o‘rtasida bevosita bog‘liqlik mavjudligi aniqlangan.
Agentlik fabrikaning ishlab chiqarishga ruxsatnomasi vaqtinchalik olib qo‘yilishi, ishlab chiqargan mahsulotlari esa do‘konlardan qaytarib olinishini bildirdi.
Ferrero kompaniyasi ishlab chiqarishda yo‘l qo‘yilgan xatolar uchun iste’molchilar va savdo hamkorlaridan uzr so‘ragan.
Kompaniya Fransiya, Belgiya, Buyuk Britaniya, Germaniya, Shvetsiya va Niderlandiyadagi do‘konlarda sotilayotgan Kinder mahsulotlarini qaytarib olishini ma’lum qilgan.
Kun.uz O‘zbekistonda Kinder shokoladlari bilan bog‘liq salmonellyoz kasalligiga chalinish holatlari kuzatilgani yoki yo‘qligini aniqlash uchun Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati matbuot kotibi Maftuna Saidova bilan bog‘landi.
Maftuna Saidovaning qayd etishicha, O‘zbekistonda Kinder shokoladlari bilan bog‘liq salmonellyoz kasalligi holatlari bo‘yicha ma’lumot yo‘q.
Mavzuga oid
19:23 / 14.04.2025
Yetti yildan beri qidiruvda bo‘lgan hindistonlik milliarder Belgiyada hibsga olindi
14:15 / 09.04.2025
Belgiya Ukrainaga milliard yevro va F-16 qiruvchilarini beradi
12:03 / 03.04.2025
Belgiya hukumati «korrupsiya va pul yuvish» jinoyatlari doirasida musodara qilingan 108 mln dollarni O‘zbekistonga qaytarmoqchi
18:44 / 02.04.2025