Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Avstriya kansleri Kiyevga keldi
Karl Nehammer Bucha shahriga ham borishi rejalashtirilgan.
Avstriya kansleri Karl Nehammer Ukrainaga tashrif buyurdi.
U Kiyevda Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy, bosh vazir Denis Shmigal va Kiyev meri Vitaliy Klichko bilan uchrashuvlar o‘tkazadi.
Shuningdek, Nehammer Bucha shahriga ham boradi.
"Prezident Zelenskiyning taklifiga binoan Kiyev va Buchaga tashrifim ukrain xalqi bilan birdamligimizni ko‘rsatishga xizmat qilishi lozim", - deyiladi Nehammerning bayonotida.
Avvalroq Kiyevga Yevrokomissiya raisi Ursula fon der Lyayyen, YeIning tashqi ishlar va xavfsizlik siyosati bo‘yicha oliy vakili Jozep Borrel, Slovakiya bosh vaziri Eduard Heger va qator yevroparlamentariylardan iborat delegatsiya tashrif buyurgandi.
Mavzuga oid
08:50 / 24.05.2025
Kiyev va mintaqaga tungi hujum: jabrlanganlar bor
10:11 / 17.05.2025
AQShning Kiyevdagi sobiq elchisi: Trampning Ukrainaga bosimi tufayli ketdim
14:16 / 07.05.2025
Rossiya "Rayffayzenbank"dan deyarli 2 mlrd yevroni musodara qildi
09:01 / 01.05.2025