Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
“Bundan eski davr hidi kelyapti” - prezident “Muruvvat uyi”ga keladigan nogironlarning nafaqalari to‘xtatilishi haqida
8 aprel kungi yig‘ilishda Zoir Mirzayev prezidentga nogironligi bor shaxslarning iltimosini yetkazdi: “Muruvvat uyi”ga kelganidan boshlab ularga nafaqa to‘lash to‘xtatiladi. “Bundan eski davr hidi kelyapti. Moliya tizimining eski g‘oyalari bilan qolib ketgan qoidaga o‘xshaydi”, dedi prezident va bu masalani o‘rganib chiqishni topshirdi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev 8 aprel kuni Toshkentning Olmazor tumanidagi 102-sonli zaif eshituvchi bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktab-internatida bo‘ldi. Bu haqda Kun.uz muxbiri xabar bermoqda.
Tadbir chog‘ida so‘zga chiqqan Toshkent viloyat hokimi Zoir Mirzayev davlat rahbariga aynan mana shu kontingent vakillari murojaatini yetkazdi.
“Agar nogironlar “Muruvvat uyi”ga keladigan bo‘lsa, shu kundan boshlab ularning maxsus nafaqalari to‘xtar ekan. Ular hech bo‘lmasa 10 foizini bersa edi, deyishyapti”, – dedi hokim.
Davlat rahbari bunday tartib unga yoqmaganini yashirib o‘tirmadi.
“Bundan eski davr hidi kelyapti. Moliya tizimining eski g‘oyalari bilan qolib ketgan qoidaga o‘xshaydi. Albatta, ko‘rib chiqib, adolatli qaror qilinadi. Axir ular nogiron bo‘lsa-yu, yana ularning qadrini joyiga qo‘ymasak, to‘g‘ri bo‘lmaydi”, – ta’kidladi prezident.
Shavkat Mirziyoyev moliya vaziri va boshqa mutasaddilarga masalaning yechimini topish bo‘yicha topshiriq berdi.
Ma’lumot uchun, qonunchilikda shaxsning “Mehribonlik”, “Saxovat” va “Muruvvat” uylariga qabul qilingani unga nafaqa to‘lashning to‘xtatilishiga olib kelishi belgilangan.
Mavzuga oid
10:15 / 05.02.2025
Nogironligi bo‘lgan bolalar uchun kunduzgi parvarish xizmati yo‘lga qo‘yiladi
21:19 / 29.12.2024
Xitoy tug‘ilishni rag‘batlantirish uchun yolg‘iz odamlarga ko‘mak dasturini ishga tushirdi
17:43 / 05.12.2024
Hukumat qonundan tashqari 10 trln so‘m xarajat qilgan. Deputatlar 9 daqiqada bu xarajatlarni qonunga kiritib berdi
07:50 / 28.10.2024