Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston | 07:20 / 09.04.2022
3072
3 daqiqa o‘qiladi
Davlat ishtiroki saqlanib qolayotgan tovar va xizmatlar bozori erkinlashtiriladi - Prezident farmoni
Prezident “Tadbirkorlik muhitini yaxshilash va xususiy sektorni rivojlantirish orqali barqaror iqtisodiy o‘sish uchun shart-sharoitlar yaratish borasidagi navbatdagi islohotlar to‘g‘risida”gi farmonni imzoladi.
Quyidagilar iqtisodiy o‘sishni ta’minlashda xususiy sektorning rolini oshirish, barcha tarmoq va sohalarda xususiy sektorning rivojlanishi uchun qulay shart-sharoitlar yaratishning asosiy yo‘nalishlari etib belgilandi:
- xususiy mulk daxlsizligi va tadbirkorlik faoliyati erkinligini kafolatlash borasidagi institutsional va ma’muriy islohotlarni davom ettirish hamda bu borada qonun ustuvorligini ta’minlash;
- qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yer uchastkalarini shaffof tarzda xususiylashtirish mexanizmlaridan, eng avvalo, xususiy investorlarni jalb qilishning muhim omili sifatida foydalanish hamda yerlarni auksionga chiqarishda ularning jozibadorligini oshirish uchun infratuzilma va boshqa zaruriy sharoitlarni yaratib berish;
- davlat ishtiroki saqlanib qolayotgan tovar va xizmatlar bozorini erkinlashtirish hamda ushbu sohalarga xususiy sektorning kirib kelishi uchun sharoit yaratish, monopoliyaga qarshi organning institutsional salohiyati va vakolatini kuchaytirish orqali sog‘lom raqobat muhitini shakllantirish;
- “tartibga soluvchi gilotina” usulini manzilli qo‘llash orqali imtiyozlar, eksklyuziv huquq va ustunliklarni bekor qilish;
- davlat ishtirokidagi korxonalar va tijorat banklarini transformatsiya qilish hamda xususiylashtirishni jadallashtirish, iqtisodiyotda samarasiz ishlayotgan korxonalar ulushini kamaytirish hisobiga sifat jihatidan yangi, xususan, ekologik, ijtimoiy va korporativ boshqaruv (ESG) tamoyillariga asoslangan investitsiyalar va ishlab chiqarish unumdorligi yuqori bo‘lgan texnologiyalarning ko‘payishini rag‘batlantirish;
- pul va kapital bozorlarini yanada erkinlashtirish hisobiga moliya bozoridagi turli segmentlarning rivojlanishiga turtki berish, shu orqali xususiylashtirilgan va transformatsiya jarayonidagi korxonalarga o‘z faoliyatini moliyalashtirishning muqobil manbalarini shakllantirishga sharoit yaratish;
- iqtisodiyotning drayver tarmoqlari, xususan, tog‘-kon, neft-gaz, kimyo, qurilish materiallari sanoati va boshqa sohalarni kafolatlangan xomashyo bazasi bilan ta’minlash uchun geologiya-qidiruv ishlariga, qazib chiqarish va qayta ishlash jarayoniga xorijiy investorlarni jalb qilishni jadallashtirish, mineral xomashyo bazasi zaxiralarini ko‘paytirishni qo‘llab-quvvatlash;
- energiya resurslari, transport va kommunikatsiya bozorlarini rivojlantirish va sohaga xususiy investitsiyalar kirib kelishi uchun sharoitlar yaratish;
- ichimlik va oqova suv ta’minoti, issiqlik ta’minoti, obodonlashtirish, yo‘l qurilishi, aviatsiya infratuzilmasi sohalarida davlat-xususiy sheriklik loyihalarini keskin ko‘paytirish;
- barcha soha va tarmoqlarda korrupsiya holatlarining har qanday ko‘rinishiga nisbatan murosasiz munosabatda bo‘lish va unga qarshi ayovsiz kurashish;
- davlat ishtirokidagi korxonalar va tijorat banklarida korporativ boshqaruvning zamonaviy usullarini, shu jumladan, “komplayens” nazorat tizimini keng joriy etish, xaridlar tizimi shaffofligini ta’minlash orqali korrupsiyaning oldini olish.
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lishMavzuga oid
13:03 / 20.05.2025
Tadbirkorlarga modulli mehmonxonalar qurish uchun subsidiya ajratiladi
14:42 / 06.05.2025
O‘zbekiston iqtisodiyotiga kiritilgan investitsiyalar hajmi 20 foizga oshdi
16:17 / 03.05.2025
Toshkentda ruxsatsiz o‘rnatilgan reklama, banner va peshlavhalar olib tashlanmoqda
16:15 / 02.05.2025