Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yashash guvohnomasi bo‘lmagan xorijliklarga yangi ko‘chmas mulkni sotib olishga ruxsat berildi
Prezident “Tadbirkorlik muhitini yaxshilash va xususiy sektorni rivojlantirish orqali barqaror iqtisodiy o‘sish uchun shart-sharoitlar yaratish borasidagi navbatdagi islohotlar to‘g‘risida”gi farmonni imzoladi.
2022 yil 1 maydan boshlab ro‘yxati Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan xorijiy davlatlar fuqarolariga O‘zbekistonda yashash guvohnomasini talab qilmagan holda, yangi barpo etilayotgan quyidagi ko‘chmas mulk obektlarini (bundan yer uchastkasi mustasno) sotib olish tarzida investitsiya kiritish huquqi berildi:
- Toshkent viloyati, Toshkent va Samarqand shaharlarida – qurilish davrida tuzilgan shartnomalarga asosan qiymati 150 000 AQSh dollari ekvivalentidan, foydalanishga qabul qilingan ko‘chmas mulk obektlarida qiymati 180 000 AQSh dollari ekvivalentidan kam bo‘lmagan ko‘chmas mulk obektlari;
- boshqa hududlarda – qurilish davrida tuzilgan shartnomalarga asosan qiymati 70 000 AQSh dollari ekvivalentidan, foydalanishga qabul qilingan ko‘chmas mulk obektlarida qiymati 85 000 AQSh dollari ekvivalentidan kam bo‘lmagan ko‘chmas mulk obektlari.
Bunda, mazkur bandda nazarda tutilgan ko‘chmas mulk obektlarini sotib olish xorijiy davlatlar fuqarolariga O‘zbekistonda doimiy ro‘yxatdan o‘tish va yashash guvohnomasini olish uchun asos bo‘lmaydi.
Mavzuga oid
13:03 / 20.05.2025
Tadbirkorlarga modulli mehmonxonalar qurish uchun subsidiya ajratiladi
14:42 / 06.05.2025
O‘zbekiston iqtisodiyotiga kiritilgan investitsiyalar hajmi 20 foizga oshdi
16:17 / 03.05.2025
Toshkentda ruxsatsiz o‘rnatilgan reklama, banner va peshlavhalar olib tashlanmoqda
16:15 / 02.05.2025