Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
OChL. «Paxtakor» mezbon jamoani mag‘lub etdi, «Ad Duhayl» «Sepaxon»dan ustun keldi
Osiyo Chempionlar Ligasida 2-tur o‘yinlari boshlandi.
Saudiya Arabistonida o‘tkazilayotgan D guruhi bahslarida Toshkentning «Paxtakor» klubi mezbon jamoa — «At Ta’avun»ni zaxiradan maydonga tushgan Hojimat Erkinovning yagona goli evaziga mag‘lubiyatga uchratdi.
Guruhning ikkinchi o‘yinida Qatarning «Ad Duhayl»i Eronning «Sepaxon»i ustidan minimal hisobda ustun keldi.
Shu tariqa 2-turdan so‘ng guruhdagi barcha jamoalar hisobida 3 ochkodan mavjud.
OChL. D guruhi
2-tur. 10 aprel
At Ta’avun — Paxtakor 0:1
Gol: Hojimat Erkinov (83).
Paxtakor — Eldor Suyunov, Hojiakbar Alijonov, Sherzod A’zamov, Oleksey Larin, Farrux Sayfiyev, Odil Hamrobekov, Sardor Sobirxo‘jayev, Dragan Cheran, Sardor Rashidov (Jasur Yoqubov, 90+1), Aziz Turg‘unboyev (Hojimat Erkinov, 66), Oliver Sharkich (Ikrom Aliboyev, 66).
At Ta’avun — Muataz Bag‘avi, Yozid Bakr, Tariq Muhammad, Saad Yaslam, Navaf Subhi, Sumayhan Alnabit (Hasan Alamiri, 59), Ashraf Mahduyi, Mustafo Fathi (Navaf Al Rashidi, 76), Rayan Musa, Tavamba, Hazza Al Hazza (Faysal Muhammad, 59).
Ogohlantirishlar: Dragan Cheran (44), Ikrom Aliboyev (88), Sherzod A’zamov (90).
Chetlatish: Rayan Musa (90+7).
Sepaxon — Ad Duhayl 0:1
Gol: Olunga (84).

Mavzuga oid
14:08 / 14.04.2025
«Paxtakor» yana yutqazdi, peshqadam yana o‘zgardi
13:44 / 30.03.2025
«Paxtakor» Toshkentda «Dinamo»ga yutqazdi, OKMK yaqqol peshqadam
03:09 / 12.03.2025
«Paxtakor» «Al Hilol»ga yirik hisobda yutqazib, Elit OChLni tark etdi
23:19 / 04.03.2025