Ota-onam boks bilan shug‘ullanishimga qarshilik qilishgan - andijonlik chempion
15 yoshli Sobiraxon Shaxobiddinova Iordaniya poytaxtida (Amman) o‘tkazilgan boks bo‘yicha Osiyo chempionatida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan. U 6 yoshidan boks bilan shug‘ullanib keladi.
Shu davr mobaynida ikki karra O‘zbekiston chempionligini qo‘lga kiritgan. Qahramonimiz Andijon tumanidagi 33-maktabda tahsil oladi. Uning boks bilan shug‘ullanishiga oilasi dastlab qarshilik bildirgan.
“Oldin uydagilar boksga qarshilik bildirishgan. Keyin boraman deganim uchun ruxsat berishgan. Boksga tog‘am qiziqtirgan. Boks bilan 9 yoshimdan beri shug‘ullanaman. Oldin sinfdoshlarim, ustozlarimiz ham aytgan qiz bolaga boks to‘g‘ri kelmaydi degan. Lekin shu sportni tanlaganimdan afsuslanmayman” – deydi bokschi.
Sobiraxon Shaxobiddinova Osiyo chempionati finalida xitoylik raqibini 2-raundda texnik nokautga uchratgan. U o‘z oldiga Jahon va Olimpia chempioni bo‘lishni maqsad qilib qo‘ygan.
Eslatib o‘tamiz, Boks bo‘yicha o‘tkazilgan yoshlar o‘rtasidagi Osiyo chempionati yakunlariga ko‘ra, O‘zbekiston terma jamoasi rekord darajadagi sovrinlar soni va ahamiyati bo‘yicha ham umumjamoa hisobida birinchi o‘rinni egallagan. Hammasi bo‘lib 46 ta medal qo‘lga kiritildi, ulardan 20 tasi eng yuqori darajada edi.
Mavzuga oid
11:09 / 08.11.2024
Andijonda kottejlar qurish uchun yer hujjatini rasmiylashtirib berish evaziga 230 ming dollar talab qilgan shaxs ushlandi
14:41 / 06.11.2024
5 sotix yerni fuqaroga rasmiylashtirib bermoqchi bo‘lgan ekologiya bo‘limi bosh inspektori 20 ming dollar bilan ushlandi
17:23 / 04.11.2024
O‘zbekiston – World Boxing tashkiloti a’zosiga aylandi
09:34 / 03.11.2024