Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Farg‘onada kollej bosh hisobchisi 4,3 mlrd so‘mni o‘zlashtirib, onlayn qimorga tikib yuborgani aniqlandi
U egallab turgan lavozimidan g‘araz maqsadlarda foydalanib, 2019-2021 yillar davomida o‘ziga asossiz ravishda jami 4 mlrd so‘m ish haqi va ustama yozib olgan. Gumonlanuvchiga nisbatan "qamoqqa olish" ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.
Bosh prokuraturaning xabariga ko‘ra, Farg‘ona viloyati Olimpiya zaxiralari kolleji bosh hisobchisining kirdikorlari fosh etilgan.
U egallab turgan lavozimidan g‘araz maqsadlarda foydalanib, 2019-2021 yillar davomida o‘ziga asossiz ravishda jami 4 mlrd so‘m ish haqi va ustama yozib olgan.
Shuningdek, kollej o‘qituvchilari nomiga bank plastik kartalari ochib, ularga 310 mln so‘m budjet mablag‘larini o‘qituvchilarga bildirmasdan o‘tkazib olgan.
Bosh hisobchi talon-toroj qilgan jami 4,3 mlrd so‘m mablag‘larni internet tarmog‘i orqali qimor o‘yinlariga tikib, sarf qilganligi aniqlangan.
Holat yuzasidan bosh hisobchi va boshqalarga nisbatan Jinoyat kodeksining 167 (O‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) va 209 (Mansab soxtakorligi) moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Gumonlanuvchiga nisbatan "qamoqqa olish" ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.
Tergov davom etmoqda.
Mavzuga oid
11:18 / 13.01.2025
Surxondaryoda Afg‘onistonga eksport qilingan unni sotib, pulini onlayn qimorga tikib yuborgan haydovchi 3 yilga qamaldi
19:39 / 19.12.2024
Namanganda maktab direktori xizmat xonasini qimorxonaga aylantirdi
13:10 / 11.12.2024
Navoiyda elektromontyor 12 kishining nomiga kredit olib, onlayn qimorga yutqazib qo‘ydi
16:43 / 27.11.2024