Jahon | 14:39 / 12.04.2022
21296
2 daqiqa o‘qiladi

«Jasadlar ko‘chalarni gilam kabi yopgan». Mariupol meri shaharda 10 mingdan ortiq kishi halok bo‘lganini ma’lum qildi

Foto: Getty Images

Mariupol meri Vadim Boychenko Associated Press agentligiga bergan intervyusida shahar rossiyalik harbiylar tomonidan qamal qilinganidan beri tinch aholi vakillaridan 10 mingdan ortiq kishi halok bo‘lganini aytdi. Merning so‘zlariga ko‘ra, qurbonlar soni 20 mingdan oshishi ham mumkin, chunki Mariupol shahri aholisining jasadlari «ko‘chalarni gilam bo‘lib qoplagan».

Boychenko, shuningdek, Rossiya tomoni jasadlarni yig‘ib, savdo markazidagi muzlatgichlarda saqlayotganini aytgan. Avvalroq, aprel oyi boshida Mariupol shahar kengashi shaharda Rossiyaning ko‘chma mobil krematoriyasi ish boshlagani to‘g‘risida xabar bergandi.

Boychenkoning baholariga ko‘ra, Mariupolda tinch aholi vakillaridan 120 ming kishi qolmoqda. Merning so‘zlariga ko‘ra, shahardan faqat rossiyalik ayirmachilar nazorat qilayotgan hududdagi «filtrlash lagerlari»dan o‘tganlar qo‘yib yuborilmoqda. «Filtrlash lagerlari»dan keyin odamlar Rossiya hududlariga jo‘natilmoqda.

Boychenkoning so‘zlariga ko‘ra, «filtrlashdan o‘tmagan odamlar» uchun qamoqxonalar ochilgan, kamida 33 ming kishi Rossiyaga olib ketilgan.

Boychenko AP muxbiriga, ayni vaqtda Mariupolda emasligi, ammo Ukraina hududida ekanini aytgan. U shahardagi voqealar haqida bir necha manbalardan ma’lumot olganini qayd etgan, ammo manbalarni ochiqlamagan.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid