Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Surxondaryo maktablariga 26 ta Damas mashinasi xarid qilinadi
Ma’lum bo‘lishicha, mazkur mashinalardan maktablardan uzoqda, olis hududlarda yashovchi o‘quvchilarni tashishda foydalaniladi.
Xalq deputatlari Surxondaryo viloyati kengashi 11 aprelda qabul qilgan qaror bilan 2022 yilning birinchi choragida viloyat mahalliy budjeti rejadan oshirib bajargan 30 milliard so‘mning 9,8 milliard so‘mini xarajat qilish bo‘yicha hokimlikka ruxsat bergan.
Ruxsat berilgan mablag‘ning 2 milliard 257 million so‘mini viloyat xalq ta’limi boshqarmasiga hududlardagi maktablar uchun 26 ta Damas mashinasini xarid qilish maqsadida ajratish ko‘zda tutilgan.
Joriy yilning 31 mart kuni prezident boshchiligida o‘tkazilgan yig‘ilishda Shavkat Mirziyoyev yil yakunigacha barcha hokimlik, vazirlik va idoralarga bino ta’mirlash, avtomobil, mebel, ofis anjomlari xarid qilish kabi qo‘shimcha xarajatlarni amalga oshirishni qat’iyan taqiqlagandi.
Surxondaryo viloyati Xalq ta’limi boshqarmasi axborot xizmati rahbari Rustam Jo‘rayevning Kun.uz’ga ma’lum qilishicha, viloyatdagi bir qator olis hududlarda joylashgan maktablar uchun Damas mashinalarini sotib olish taklifi viloyat hokimligiga o‘tgan yil berilgan. Bu mashinalarni 2022 yil 1 chorakda budjetning rejadan oshirib bajarilgan qismidan sotib olish masalasi ham avvalroq reja qilingan. O‘sha rejaga ko‘ra mablag‘ ajratilgan.
R.Jo‘rayevning aytishicha, aynan Damas mashinalari sotib olinganiga sabab olis tog‘li hududlarda yo‘llar sifati avtobuslar qatnovi uchun to‘g‘ri kelmaydi. Shu sababli ixchamroq bo‘lgan Damas olinmoqda.
2021 yil oktyabr oyida Kun.uz’da Boysun tumani Balandi qishlog‘i bolalari 21-maktab uzoqda joylashgani uchun qishloqning o‘zida hashar yo‘li bilan qurilgan va yetarlicha ta’lim olish uchun sharoiti bo‘lmagan filialda o‘qishayotgani haqida maqola e’lon qilingandi.
O‘shanda Boysun tumani XTB mudiri Bahriddin Sohibov Balandi qishlog‘idagi filialdagi holatdan xabardorligini, o‘quvchilar 21-maktabga borib kelishlari uchun transport vositasi kerakligini va bu masalada viloyat hokimligiga taklif bilan chiqishganini aytgandi. U viloyat hokimligi Damas mashinasi sotib olib berishni rejalashtirgani haqida ham aytgan.
Mavzuga oid
16:09 / 15.05.2025
Damas va Labo ishlab chiqarishni to‘xtatish ko‘rib chiqilmayapti - “O‘zavtosanoat”
16:46 / 05.05.2025
Sirdaryoda 28 nafar bolani olib ketayotgan Damas haydovchisiga chora ko‘rildi
16:20 / 03.05.2025
Ko‘za kunda emas, kunida sinadi. Bog‘chalar bolalar hayoti bilan o‘ynashmoqda
15:29 / 02.05.2025