Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Finlandiyaning O‘zbekistondagi yangi elchisi tayinlandi
Tashqi ishlar vazirligida Finlandiyaning O‘zbekistonda yangi tayinlangan elchisi (qarorgohi Helsinkida) Ilkka Ryaysyanen bilan videokonferensiya shaklida uchrashuv bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda «Dunyo».
Muzokaralarda elchining ishonch yorliqlarini taqdim etish uchun Toshkentga tashrifini tashkil etish, O‘zbekiston vazirlik va idoralarida ikki tomonlama uchrashuvlar o‘tkazishning amaliy jihatlari, O‘zbekiston-Finlandiya hamkorligini kengaytirish bo‘yicha vazifalar muhokama qilindi.
Joriy yilda Toshkentda siyosiy maslahatlashuvlarning muntazam raundlarini va savdo-iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy hamkorlik bo‘yicha hukumatlararo komissiya yig‘ilishini o‘tkazishga kelishib olindi.
Shuningdek, Markaziy Osiyo mamlakatlari bilan hamkorlik bo‘yicha Finlandiya parlamentlararo guruhi rahbari Kimmo Kilyunen boshchiligidagi delegatsiyaning 2022 yil avgust oyida O‘zbekistonga tashrifini birgalikda tayyorlash bo‘yicha kelishuvga erishildi.
Mavzuga oid
00:36 / 28.05.2025
Finlandiyada ruslar qurgan qal’a 1 yevroga sotildi
21:17 / 24.05.2025
“Mudofaamizga yana tahdid yuzaga kelsa, jim o‘tirmaymiz” – Pokiston elchisi bilan suhbat
21:59 / 23.05.2025
Finlandiya parlamenti bosh kotibi davlatga xiyonatda gumonlanmoqda
01:36 / 19.05.2025