Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Bayden ortidan Tramp ham Ukrainada tinch aholi o‘ldirilishini genotsid deb atadi
AQShning sobiq prezidenti Donald Tramp Ukrainada tinch aholi vakillari o‘ldirilishini genotsid deb baholashini ma’lum qildi. U Fox News telekanaliga bergan intervyusida shu haqdagi savolga javob bergan.
Telekanal boshlovchisi avvaliga Trampga mamlakatdagi inflatsiya borasidagi fikrlarini bildirishni so‘ragan. Bunga javoban sobiq prezident AQShning amaldagi prezidenti Jo Baydenning siyosati shunday yuqori inflatsiyaga olib kelganini aytgan. Trampning fikricha, o‘zining prezidentligi davrida AQSh «dunyo tarixidagi eng yirik iqtisodiyotga aylangan», ammo bu lavozimni Bayden egallagach «barchasi barbod bo‘lgan».
«Bular bari - inflatsiyadan tortib energetik qaramlikdagi yo‘qotishlar o‘zingga o‘zing jarohat yetkazishdir. Bunga qarash qayg‘uli, endi esa bunga Ukrainadagi voqealar qo‘shildi. Ukrainada sodir bo‘layotgan voqealar — bu genotsiddir. Odamzod avval hech qachon bunaqasiga guvoh bo‘lmagan», — degan Tramp.
Shu kunlarda Amerika prezidenti Jo Bayden ham Ukrainada tinch aholi qirg‘in qilinishini genotsid deb baholagandi. Keyinroq Oq uy rasmiysi Jyen Psaki Baydenning so‘zlari shaxsiy fikr ekanini aytgan va bu bayonot tinch muzokaralarga zarar keltirmasligi kerakligini ta’kidlagan.
Kremldagilar Baydenning so‘zlarini «qabul qilib bo‘lmas» deb atagan.
Fransuzlar yetakchisi Emmanuel Makron esa Ukrainadagi voqealarni genotsid deb atashga shoshilmagan. «Men bu terminni ishlatishda ehtiyotkor bo‘lgan bo‘lardim. Ukrain va rus xalqlari — birodar xalqlar», — degan u. Makron tinchlik bo‘yicha muzokaralar imkoniyati yo‘qqa chiqishini istamasligi, bunday ritorika bilan tinchlikka erishib bo‘lmasligini aytgandi.
Mavzuga oid
15:23 / 25.05.2025
Jo Bayden saratonga chalingani e’lon qilinganidan keyin birinchi marta omma oldida ko‘rinish berdi
19:09 / 19.05.2025
Bayden saratonga chalingani haqidagi xabarlarga izoh berdi
09:57 / 19.05.2025
Tramp saraton kasalligi aniqlangan Baydenni qo‘llab-quvvatladi
08:24 / 19.05.2025