Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Japarov chegaraga oid bahslarni prezidentligi yakunlanguniga qadar hal qilmoqchiligini aytdi
Sadir Japarov 12 aprel kuni qirg‘iz-tojik chegarasida otishma sodir bo‘lganidan so‘ng Qirg‘iziston xalqiga murojaat qildi.
Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov qo‘shni mamlakatlar bilan chegaralarni delimitatsiya va demarkatsiya qilish masalasiga vakolat muddati yakuniga yetguniga qadar nuqta qo‘yish niyatida ekanligini ma’lum qildi.
«Ha, chegara muammolari bor. O‘ttiz yildan buyon yechilmayotgan muammo katta ehtiyotkorlikni talab qiladi. Muzokaralar o‘tkazilmoqda. Xudo xohlasa, bu masalani prezidentligim yakunlanguniga qadar hal qilmoqchiman», - deyiladi Japarovning Facebook sahifasidagi murojaatida.
Japarov shuningdek, Qirg‘iziston jurnalistlari va blogerlarini Qirg‘iziston bilan chegara muammolari mavjud qo‘shni mamlakatlar rahbarlarini haqorat qilmaslikka chaqirdi.
«Qo‘shni mamlakatlar bilan nizoli masalalarda chalg‘ituvchi va bu mamlakatlar rahbarlarini haqorat qiluvchi turli video va fotomateriallarni tarqatmang. Bu axloqiy me’yorlarga to‘g‘ri kelmaydi. Bu bilan vaziyatni chigallashtirasiz va ikki xalq o‘rtasiga nifoq solasiz», - dedi Qirg‘iziston prezidenti.
Sadir Japarov 12 aprel kuni qirg‘iz-tojik chegarasida otishma sodir bo‘lganidan so‘ng Qirg‘iziston xalqiga murojaat qildi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, otishma oqibatida bir nafar tojik chegarachisi halok bo‘lgan.
Mavzuga oid
10:55 / 06.05.2025
Chegarada ushlab qolingan madaniy boyliklar summasi ma’lum qilindi
16:52 / 29.04.2025
Qirg‘iziston Tojikiston bilan chegarani tikanli simlar bilan to‘sishni boshladi
18:28 / 08.04.2025
Janubiy Koreya chegarani kesib o‘tgan KXDR askarlariga qarata ogohlantiruvchi o‘t ochdi
16:31 / 08.04.2025