Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Kolumbiya Rossiyadan import o‘rnini bosish uchun Yevropaga energiya tashuvchilar yetkazib berishni ko‘paytiradi
Kolumbiya prezidenti va Germaniya kansleri o‘rtasidagi muzokaralardan so‘ng, Bogota Rossiyadan importni almashtirish uchun Germaniyaga ko‘mir eksportini oshirishga qaror qildi. Ivan Duke Ukrainadagi urushni genotsid deb tan oldi.
Kolumbiya prezidenti Ivan Duke, uning mamlakati g‘arb davlatlarini Ukrainada Moskva boshlagan urush tufayli Rossiyaga qarshi kiritilgan sanksiyalar oqibatida yuzaga kelgan tanqislikni qoplash uchun energiya resurslari bilan ta’minlashda markaziy rol o‘ynashga tayyorligini aytdi. Bu haqda u 13 aprel, chorshanba kuni CNN telekanaliga bergan intervyusida ma’lum qildi.
Shimoliy Amerika va Yevropa davlatlari haqida gapirar ekan, Duke, ular endi Rossiyadan energiya resurslari ta’minotiga tayana olmasligini aniq bilishlarini aytdi. «Kolumbiya bu muammoni hal qilishga hissa qo‘sha oladimi?» degan ritorik savolni berib, Kolumbiya prezidenti shunday dedi: «Javob - ha». Ivan Duke Bogota ishlab chiqarishni ko‘paytirishga tayyor bo‘lgan uchta sohani sanab o‘tdi: an’anaviy neft va gaz, ko‘mir qazib olish hamda toza vodorod kabi qayta tiklanadigan energiya manbalari.
Dunyodagi eng yirik ko‘mir zaxiralariga ega Kolumbiya Germaniyaga yetkazib berish hajmini oshiradi, dedi Germaniya kansleri Olaf Shols bilan muzokara o‘tkazgan Kolumbiya rahbari.
Shu bilan birga, Duke AQSh prezidenti Jo Baydenning Rossiyaning Ukrainadagi xatti-harakatlarini genotsid deb hisoblash mumkinligi haqidagi fikriga qo‘shildi. «Ukrainada sodir bo‘layotgan voqealar genotsiddir. Va buni to‘xtatish kerak... Bu aqldan ozish», - deya ta’kidladi Duke.
Mavzuga oid
09:36 / 27.05.2025
Shimoliy Yevropa davlatlari Rossiya tomonidan xavfni ko‘rmoqda
12:24 / 22.05.2025
Lavrov Yevropani AQShga sanksiyalarni kuchaytirish uchun bosim o‘tkazishda aybladi
16:02 / 19.05.2025
Prezidentga qurilish materiallari tarmog‘idagi rejalar taqdimot qilindi
14:23 / 17.05.2025