Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tazyiq va zo‘ravonlikka murosasiz bo‘lish, ayollar bandligini ta’minlash – Senat raisi xotin-qizlar bilan bog‘liq vazifalarni sanadi
“O‘zbekiston taraqqiyotida parlamentdagi ayollarning roli” mavzusidagi ikkinchi forum bo‘lib o‘tdi. Unda Senat raisi Tanzila Norboyeva xotin-qizlar muammosi bilan ishlashga oid vazifalarni sanadi.
Senatorlar va deputatlar, davlat tashkilotlari mutasaddilari xalqaro tashkilot vakillari ishtirok etgan tadbirda xotin-qizlarning siyosiy hayotdagi rolini oshirish, ularning muammolari muhokama qilindi.
Forumda Senat raisi Tanzila Norboyeva so‘zga chiqib, xotin-qizlarga oid vazifalarni amalga oshirishda parlamentdagi ayollarning o‘rni katta ekanini, buning uchun esa parlamentariy ayollarning bilimi, tajribasi, malakasi uzluksiz ravishda yuksalib borishi talab etilishini qayd etdi.

“Barchamizning oldimizda turgan muhim vazifalarni unumli bajarish uchun:
- parlamentdagi va vakillik organlariga saylangan deputat ayollarning faolligini oshirish, amaliy faoliyatida qaysi jihatlarga ko‘proq e’tibor qaratish;
- berilgan vakolatli imkoniyatlardan to‘laqonli foydalangan holda jamiyatda xotin-qizlarning ijtimoiy faolligini yanada oshirish;
- xotin-qizlarni ta’limga keng jalb etish va kasb-hunarga o‘rgatish orqali bandligini ta’minlash, tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlash;
- xotin-qizlarga, ayniqsa, qishloqlarda sifatli tibbiy-ijtimoiy xizmat ko‘rsatish;
- xotin-qizlarni uy-joy bilan ta’minlash, daromadlarini ko‘paytirish borasida tizimli ishlarni amalga oshirish;
- og‘ir ijtimoiy ahvoldagi xotin-qizlarga yordam ko‘rsatish, ularni “Ayollar daftari” orqali manzilli qo‘llab-quvvatlash;
- tazyiq va zo‘ravonlikka nisbatan murosasizlik muhitini yaratish, xotin-qizlarning huquq va manfaatlarini ta’minlash;
- oilaning tarbiyaviy-ta’lim salohiyatini mustahkamlash hamda ma’naviy-axloqiy muhitni yaxshilash kabi yo‘nalishlarga alohida e’tibor qaratish lozim”, deya vazifalarni sanab o‘tdi Tanzila Norboyeva forumda.
Forumda ma’lumot berilishicha, ayni paytda O‘zbekistonda xotin-qizlarning boshqaruv lavozimidagi ulushi 27 foizga, tadbirkorlik sohasida 25 foizga, siyosiy partiyalarda 44 foizga, oliy ta’limda 46 foizga yetgan.
Mavzuga oid
20:44 / 21.05.2025
Tanzila Norboyeva Jizzaxda korrupsiya holatlari bo‘yicha tanqidiy yig‘ilish o‘tkazdi
16:16 / 16.05.2025
Tanzila Norboyeva Buxoroda jinoyatchilikka qarshi kurashish masalalarini muhokama qildi
12:20 / 29.04.2025
O‘zbekiston va Turkiya tadbirkor ayollarining biznes-forumlari o‘tkaziladi
19:32 / 25.04.2025