Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Hindiston Rossiyadan S-400 majmualarining yangi partiyasini oldi
S-400 majmualari Hindistonga kema va samolyotlarda qismlarga bo‘lingan holda yetkazilgan, so‘ngra yetkazib berilgan joyida qayta yig‘ilgan.
Hindiston Rossiyadan S-400 zenit-raketa majmualarining yangi partiyasini oldi. Bu haqda o‘z manbalariga tayanib India Today gazetasi xabar berdi.
Nashrning yozishicha, S-400 majmualari Hindistonga kema va samolyotlarda qismlarga bo‘lingan holda yetkazilgan, so‘ngra yetkazib berilgan joyida qayta yig‘ilgan.
«Yuklarimizni hech qanday kechikish yoki muammolarsiz olishda davom etmoqdamiz. Eng oxirgi yuklarni bir necha kun oldin qabul qildik»,— degan manba.
Gazetaning ma’lumot berishicha, hozircha Ukrainadagi harbiy nizo Hindistonga Rossiya quroli yetkazilishiga ta’sir ko‘rsatmagan, biroq Rossiya bank sektoriga kiritilgan sanksiyalar sababli kelgusida muammolar vujudga kelishi kutilmoqda.
Qayd etilishicha, ikki mamlakat cheklovlarni chetlab o‘tish ustida ishlamoqda.
Mavzuga oid
20:40 / 27.05.2025
Hindiston xususiy firmalarga zamonaviy qiruvchi samolyotlarini yig‘ishga ruxsat berdi
11:37 / 26.05.2025
Dehlida O‘zbekiston-Hindiston ta’lim forumi o‘tkazildi
21:17 / 23.05.2025
Hindistonda kuchli yomg‘ir oqibatida kamida 45 kishi halok bo‘ldi
21:32 / 21.05.2025