Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ovqatlanish korxonalari uchun sanitariya talablari qayta ko‘rib chiqiladi
Shavkat Mirziyoyev raisligida 15 aprel kuni o‘tkazilgan yig‘ilishda soliq ma’murchiligiga oid bir qator topshiriqlar berildi. Bu haqda prezident matbuot kotibi xabar qildi.
«Oxirgi soliq ma’murchiligi bo‘yicha o‘zgarishlar tadbirkorlar o‘rtasida ko‘plab tushunmovchilik va savollarni keltirib chiqardi. Shuning uchun topshirig‘imga ko‘ra, Moliya vazirligi va Soliq qo‘mitasi huzurida yirik tadbirkorlar, olimlar va faol jamoatchilar ishtirokida Jamoatchilik kengashi tuzildi», deydi prezident.
Moliya vazirligi va DSQga har hafta tadbirkorlar bilan uchrashish va ijtimoiy tarmoqlar orqali tushgan savollar va tizimli masalalarni muhokama qilish, ularning yechimi bo‘yicha takliflar kiritib borish topshirilgan. Ruxsatnoma berish talablarini soddalashtirish ham tizimli ravishda davom ettirilishi ta’kidlangan.
Bugungi kunda 200 dan ortiq sanitariya talablari mavjud bo‘lib, ularning 20 tasiga amal qilishning umuman imkoni yo‘q. Shu munosabat bilan:
- ovqatlanish korxonalari uchun sanitariya talablarini qayta ko‘rib chiqib, eskirgan talablarni bekor qilish;
- yetkazib berish xizmatlari bilan shug‘ullanadigan korxonalarga sanitariya talablarini soddalashtirish vazifasi qo‘yilgan.
Bundan avvalroq Adliya vazirligi tomonidan tadbirkorlarning umumiy ovqatlanish sohasidagi faoliyati tahlil qilingan va qator muammolar aniqlangandi.
Mavzuga oid
22:10 / 13.05.2025
Toshkentda ko‘p qavatli uy tomiga o‘zboshimchalik bilan restoran qurilgani aniqlandi
23:03 / 07.04.2025
Toshkentdagi qahvaxonada til bilan bog‘liq holat muhokamalarni keltirib chiqardi
10:06 / 30.03.2025
Ryanair rahbarini restoranda masxara qilishdi
11:51 / 26.03.2025