Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Diniy mazmundagi materiallarni tayyorlash, olib kirish va tarqatishga qo‘yiladigan talablar belgilandi
Vazirlar Mahkamasining “Diniy mazmundagi materiallarni tayyorlash, olib kirish va tarqatish hamda dinshunoslik ekspertizasini o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori qabul qilindi.
“Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida”gi O‘zbekiston qonuniga muvofiq:
O‘zbekiston hududida diniy mazmundagi materiallarni tayyorlash, olib kirish va tarqatish jamiyatda konfessiyalararo totuvlik hamda diniy bag‘rikenglik buzilishiga olib keladigan, diniy zo‘ravonlik va boshboshdoqlikka chorlaydigan g‘oyalar hamda qarashlar tarqalishining oldini olish maqsadida dinshunoslik ekspertizasining ijobiy xulosasi olingandan keyin amalga oshiriladi;
diniy mazmundagi materiallarni tayyorlash, olib kirish va tarqatish tartibi O‘zbekiston Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
Qaror bilan quyidagilarni nazarda tutuvchi diniy mazmundagi materiallarni tayyorlash, olib kirish va tarqatish hamda dinshunoslik ekspertizasini o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi:
- yuridik yoki jismoniy shaxslar tomonidan diniy mazmundagi materiallarni tayyorlash, ushbu materiallarni olib kirish va tarqatishga qo‘yiladigan talablar;
- dinshunoslik ekspertizasini o‘tkazish uchun vakolatli organga murojaat qilish tartibi;
- dinshunoslik ekspertizasini o‘tkazish shartlari, muddatlari va dinshunoslik ekspertizasi xulosasini rasmiylashtirish tartibi.
Mavzuga oid
08:52 / 01.03.2025
Diniy tashkilotlar va davlat organlari o‘zaro bir-birining faoliyatiga aralashmaydi
14:03 / 27.02.2025
Diniy sohadagi davlat siyosatining asosiy vazifalari belgilandi
21:09 / 26.02.2025
Fuqarolarning vijdon erkinligini ta’minlash va diniy sohadagi davlat siyosati konsepsiyasi tasdiqlandi
17:31 / 28.11.2024