O‘zbekiston | 22:48 / 16.04.2022
85193
2 daqiqa o‘qiladi

So‘nggi manzil: Go‘rkov va g‘assol hikoyasi

Vaqti kelib, hammamiz bu dunyoni tark etamiz. Yerdan yaraldik, yerga qaytamiz.

Shunday paytlarda ishimiz tushadigan kasb egalari bor, ular mayitni so‘nggi manzilga kuzatishadi va ko‘rganlarini sir saqlab, o‘zlari bilan go‘rga olib ketishadi. Lekin SUBeKTIV'ning bu galgi qahramonlari ibrat yo‘lida ba’zi narsalarni gapirib berishga rozi bo‘lishdi.

Suhbatdoshlarimiz – 40 yillik tajribaga ega go‘rkov Miroqil ota Fozilov hamda 32 yildan buyon g‘assollik kasbini tutgan Zuhra momo Aliyeva bo‘ldi.

Biz ulardan shariat taomillari asosida mayitni yuvish, kafanga o‘rash, qabr kavlash jarayonlari haqida o‘zimizni qiziqtirgan savollarga javob oldik. O‘tkinchi dunyoning ishlaridan ko‘rgan-kechirganlari, kasbiy tajriba va xulosalari bilan qiziqdik.

O‘ylaymizki, navbatdagi ko‘rsatuvimiz ko‘pchilik uchun foydali, lekin nisbatan topish qiyinroq bo‘lgan ma’lumotlarga boyligi bilan, qolaversa, kishiga hissiy ta’siri bilan ham boshqalaridan ajralib turadi.

Jamshidxon Ziyoxonov,
muallif

SUBeKTIV'ni moddiy qo‘llab-quvvatlashni istagan vatandoshlarimizga:

Mavzuga oid