Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Latviyada NATO mamlakatlarining harbiy mashg‘ulotlari boshlandi
Harbiy mashg‘ulotlarda milliy va ittifoqchi kuchlarning mudofaa sohasidagi o‘zaro hamkorligi tekshiruvdan o‘tkaziladi.
Latviyada respublika qurolli kuchlarining 3 mingga yaqin harbiy xizmatchilari va NATOga a’zo mamlakatlar bo‘linmalari ishtirokida Namejs 2022 xalqaro mashg‘ulotlari boshlandi.
Ta’kidlanishicha, harbiy mashg‘ulotlarda milliy va ittifoqchi kuchlarning mudofaa sohasidagi o‘zaro hamkorligi tekshiruvdan o‘tkaziladi.
Namejs 2022 mashg‘ulotlarida qatnashish uchun Latviyaga Buyuk Britaniya, Litva, Polsha, AQSh, Chexiya va Estoniya harbiy bo‘linmalari kelmoqda.
Shuningdek, NATOning Latviyadagi bataloni ham mashg‘ulotlarga jalb etiladi. Mazkur batalon Albaniya, Italiya, Islandiya, Ispaniya, Kanada, Polsha, Slovakiya, Sloveniya, Chernogoriya va Chexiya harbiy bo‘linmalaridan tashkil topgan.
Harbiy mashg‘ulotlar 27 maygacha davom etadi.
Mavzuga oid
11:47 / 23.05.2025
Latviya Rossiya harbiy kompleksiga aloqadorlikda gumon qilingan kompaniyani tekshirmoqda
08:34 / 18.05.2025
O‘zbekiston merganlari Turkiyadagi musobaqada yana oltin medal oldi
14:05 / 16.05.2025
Bloomberg: AQSh Rossiya-NATO kengashini qayta tiklashni taklif qildi
20:12 / 14.05.2025