Jamiyat | 20:00 / 18.04.2022
11293
3 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonlik gimnastikachilar Toshkentda o‘tkazilgan jahon kubogida umumjamoa hisobida birinchi bo‘lishdi

15-17 aprel kunlari UzAuto kompaniyasi homiyligida Toshkent shahrida badiiy gimnastika bo‘yicha Jahon kubogining navbatdagi bosqichi bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston terma jamoasi ilk bor 15 mamlakatdan ishtirok etgan sportchilar orasidan 4 ta oltin, 2 ta kumush va 1 ta bronza medali bilan chempionatda lider bo‘ldi. “ UzAuto” jamoasi sportchilarni mazkur musobaqada erishgan yuqori natijalari bilan tabriklaydi hamda jahon shohsupasida O‘zbekiston bayrog‘ini ko‘rish imkonini yaratganligi uchun minnatdorchilik bildiradi. Gimnastikachi Taxmina Ikromova Kubokda 3 ta oltin va 1 ta bronza medalini qo‘lga kiritib O‘zbekiston vakillari orasida eng yaxshi natijani qayd etdi. Yana O‘zbekiston terma jamoasi guruh mashqlarida 1 ta oltin va 2 ta kumush medalni olib keldi.

Eslatib o‘tamiz, “O‘zavtosanoat” ko‘p yillardan buyon milliy gimnastikaga katta yordam ko‘rsatib kelmoqda, joriy yilning fevralida “O‘zavtosanoat” AJ boshqaruv raisi Shavkat Umurzoqov O‘zbekiston gimnastika federatsiyasi prezidenti etib saylangandi. Kompaniya rahbariyati bundan keyin ham ushbu xayrli an’anani davom ettirish va sportchilarning yuksak natijalarga erishishi uchun barcha shart-sharoitlarni yaratishni maqsad qilmoqda.

TOShKeNTDA O‘TKAZILGAN BADIIY GIMNASTIKA BO‘YIChA JAHON KUBOGI YaKUNLARI:

Oltin medal bilan:

Taxmina Ikromova – ko‘pkurash

Taxmina Ikromova – halqa mashqi

Taxmina Ikromova – bulava bilan mashqlar

O‘zbekiston terma jamoasi guruh mashqlarida - uchta tasma va ikkita koptok bilan mashqlarda

Kumush medal bilan:

O‘zbekiston terma jamoasi guruh mashqlarida – ko‘pkurash

O‘zbekiston terma jamoasi guruh mashqlarida – halqa mashqlarida

Bronza medal bilan:

Taxmina Ikromova – tasmadagi mashqlar.

UzAuto O‘zbekiston terma jamoasini o‘tgan musobaqalarda erishgan mutlaq g‘alabasi bilan tabriklaydi! Sportchilarimizga kelgusi musobaqalarda ham yorqin g‘alabalar yor bo‘lishini tilab qolamiz!

Reklama huquqi asosida

Mavzuga oid