Jahon | 12:50 / 18.04.2022
45337
5 daqiqa o‘qiladi

Xarkovning o‘qqa tutilishi va Mariupolga kelayotgan rus harbiy texnikalari. Urush suratlari

Urush boshlanganidan buyon 53 kun o‘tdi. Xarkov hududi o‘qqa tutilishi davom etmoqda — so‘nggi uch kunda kelib tushgan snaryadlar tufayli kamida 18 kishi halok bo‘lgan. Cho‘kib ketgan «Moskva» kreyserida muddatli xizmatga chaqirilgan bir necha askar halok bo‘lgani haqida xabarlar paydo bo‘ldi. Donbassga Vladimir Putinga yaqin shaxslardan biri, Vagner xususiy harbiy kampaniyasi rahbari ekani aytiladigan Yevgeniy Prigojin kelgan.

Xarkov markazi o‘qqa tutilgan chog‘da xavfsiz joyga o‘tayotgan ukrain harbiylari. 17 aprel kungi hujumlar chog‘ida tinch aholi vakillaridan besh kishi halok bo‘lgan, yana 15 kishi yaralangan. Foto: Felipe Dana / AP / Scanpix / LETA

Ukrainadagi urush bo‘yicha so‘nggi ma’lumotlar

  • Ukraina hukumati Lugansk oblasti aholisini zudlik bilan evakuatsiya bo‘lishga chaqirmoqda. Lugansk oblasti ma’muriyati rahbari Sergey Gaydayning fikricha, tinch aholini qutqarish uchun juda kam vaqt qoldi.
  • Bu vaqtda Ukrainaning boshqa hududlariga qochqinlar qaytishi davom etmoqda. BMT baholariga ko‘ra, mamlakatga 650 mingga yaqin kishi qaytib kelgan. Hukumat bu xavfsiz emasligidan ogohlantirmoqda. Ukraina shaharlari, jumladan, Kiyev va Xarkov raketa zarbalariga duchor bo‘lishi davom etmoqda.
  • Prezident Volodimir Zelenskiy navbatdagi murojaatida demokratik dunyoni Rossiya harbiylarining mamlakat janubidagi harakatlariga e’tibor qaratishga chaqirdi. «U yerda zindonlar quradilar, mahalliy hokimiyat vakillarini o‘g‘irlaydilar, o‘qituvchilarni shantaj qilishadi, pensiya to‘lash uchun mo‘ljallangan pullarni o‘zlashtirishadi, gumanitar yuklarni to‘sishadi va talashadi, odamlarni ochlikka mahkum etishadi», degan Zelenskiy.
  • Ukraina tashqi ishlar vaziri Dmitriy Kuleba rossiyalik harbiylar Mariupolni butkul vayron qilishgani haqida aytdi. «Shahar endi yo‘q. Ukraina armiyasi qoldiqlari va tinch aholi vakillarining katta guruhi rossiyalik harbiylar qurshovida. Ular o‘z kurashini davom ettirishmoqda, ammo Rossiya armiyasi Mariupolda o‘zini qanday tutayotganidan kelib chiqsak, ular shaharni yer bilan bitta qilishga qaror qilishgan», degan u CBS News telekanaliga bergan intervyusida.
  • Borodyankada jasadlarni qidirish davom etmoqda. Ukrainalik qutqaruvchilar vayron bo‘lgan uylar xarobalari ostidan 40 kishining jasadini olib chiqishdi.
Xarkovning tinch aholi vakillari yashaydigan hududlari o‘qqa tutilgach, xavfsiz joyga yashiringan qizlar
Alex Chan Tsz Yuk / SOPA Images / ZUMA Press / Scanpix / LETA
Xarkov bombardimon qilinishidan keyin qutqaruvchilar yaralanganlarga yordam ko‘rsatmoqda
Felipe Dana / AP / Scanpix / LETA
Shahar o‘qqa tutilishi. Foto: Alkis Konstantinidis / Reuters / Scanpix / LETA
Zarbalar vaqtida halok bo‘lgan tinch aholi vakili jasadi
Roman Pilipey / EPA / Scanpix / LETA
Borodyankadagi vayron bo‘lgan binolar fonida Ukraina bayrog‘i, Kiyev oblasti
Sergei Supinsky / AFP / Scanpix / LETA
Bucha rayonidagi Mikulichi posyolkasi aholisi choy tayyorlamoqda. Ularning uyida 40 kundan ortiq vaqtdan buyon elektr, suv va gaz yo‘q
Emilio Morenatti / AP / Scanpix / LETA
Vayron bo‘lgan binolar orasida ketayotgan kishi. Volnovaxa, Donetsk oblasti
Anatoliy Jdanov / Kommersant’
Ko‘chalardan biridagi qabrlar. Rubejnoye, Lugansk oblasti
Stanislav Krasilnikov / TASS
Mariupol ko‘chalarida tinch aholi vakillari jasadlari
Alexander Ermochenko / Reuters / Scanpix / LETA
Rossiya armiyasi va o‘zini o‘zi mustaqil deb e’lon qilgan DXR harbiy militsiyasining harbiy texnikasi, Mariupol
Anatoliy Jdanov / Kommersant’
Chechenlarning «Axmat» bataloni jangchilari Ilich nomidagi Mariupol metallurgiya kombinati hududida. RF mudofaa vazirligi kombinat «ukrain natsionalistlaridan butkul tozalangani» haqida ma’lum qilgan. Foto: Sergey Bobilev / TASS
Mahalliy aholi vakili vayron bo‘lgan turar joy binosi xarobalaridan o‘z buyumlarini qidirmoqda
Carol Guzy / ZUMA Press / Scanpix / LETA
Urush vaqtida yonib ketgan avtomobillar uyumi. Irpen, Kiyev oblasti
Oleg Petrasyuk / EPA / Scanpix / LETA
Buchadagi ommaviy qabrda eksgumatsiya jarayoni
Emilio Morenatti / AP / Scanpix / LETA
Zaporojye temiryo‘l stansiyasidagi ona-bola
Ed Jones / AFP / Scanpix / LETA

Mavzuga oid