O‘zbekiston | 14:13 / 18.04.2022
12878
2 daqiqa o‘qiladi

Yangiyo‘lda yuz bergan YTH oqibatida ikki kishi halok bo‘ldi

Toshkent viloyatining Yangiyo‘l tumanida ikki kishining o‘limi bilan yakun topgan yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi.

Foto: t.me/YHXX_UZ

Ichki ishlar vazirligi Jamoat xavfsizligi departamenti Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati xabariga ko‘ra, bugun, 18 aprel kuni soat 06:15 larda Toshkent viloyati, Yangiyo‘l tumani hududidan o‘tuvchi M-39 avtomobil yo‘lining 829-kilometrida YTH yuz bergan.

Haydovchi, 1980 yilda tug‘ilgan U.I. "Lada-Largus" rusumli avtomobilida harakatlanayotib, uxlab qolishi natijasida yo‘lning o‘ng chetida to‘xtab turgan haydovchi, 1976 yilda tug‘ilgan U.U. boshqaruvidagi "Isuzu" rusumli yuk avtomobilning orqa tomoniga to‘qnashgan.

Hodisa natijasida "Lada-Largus" avtomobili yo‘lovchilari - 1983 yilda tug‘ilgan M.O. va 2010 yilda tug‘ilgan O.J. olgan og‘ir tan jarohatlari tufayli voqea joyida vafot etgan, yana bir yo‘lovchi shifoxonaga yotqizilgan.

YTH yuzasidan Yangiyo‘l tumani IIB huzuridagi TB tomonidan dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Mavzuga oid