Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Dorilar klinik tadqiqotlarini rivojlantirish markazi tashkil etiladi
Vazirlar Mahkamasining “Dori vositalarining klinik tadqiqotlarini rivojlantirish hamda ularning xalqaro standartlar talablariga muvofiq o‘tkazilishini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.
Qarorga asosan “Tashkent Farma Park” innovatsion ilmiy-ishlab chiqarish farmatsevtika klasteri hududida davlat muassasasi shaklidagi Dori vositalarining klinik tadqiqotlarini rivojlantirish markazi tashkil etiladi.
Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi markaz muassisi hisoblanadi. Quyidagilar markazning asosiy vazifalari etib belgilandi:
- dori vositalarining klinik tadqiqotlarini xalqaro etik va ilmiy standartlar talablariga muvofiq tashkil etish;
- respublika hududida klinik tadqiqotlarni rivojlantirish hamda klinik bazalarni jahon standartlari asosida modernizatsiya qilishni muvofiqlashtirish;
- “Zarur klinika amaliyoti (GCP)” talablariga muvofiq dori vositalarining klinik tadqiqotlarini o‘tkazishni tashkil etish;
- jyenerik dori vositalarining original dori vositalariga farmakologik bioekvivalentligini aniqlash;
- klinik tadqiqot sub’yektida dori vositalarining farmakokinetik tadqiqotlarini o‘tkazish;
- tibbiyot xodimlarining klinik tadqiqotlar o‘tkazish sohasida malakasini oshirish;
- “Zarur klinika amaliyoti (GCP)” yo‘nalishida xalqaro hamkorlikni amalga oshirish.
Quyidagilar markaz faoliyatini moliyalashtirish manbalari hisoblanadi:
- ko‘rsatilgan pulli xizmatlardan tushadigan mablag‘lar;
- xalqaro moliya institutlari, xorijiy tashkilotlar, donor mamlakatlar va tashkilotlarning mablag‘lari;
- qonunchilik hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar.
Mavzuga oid
12:08 / 27.05.2025
Vengriya O‘zbekistonda dori ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ymoqchi
13:18 / 12.05.2025
O‘zbekistonda tadqiqotlar uchun yalpi xarajatlar 4,5 trln so‘mni tashkil etdi
18:43 / 08.05.2025
Olimlar Yerda kislorod qachon yo‘q bo‘lib ketishini aniqladi
21:39 / 22.04.2025