O‘zbekiston | 16:50 / 19.04.2022
85522
2 daqiqa o‘qiladi

Prezident Jahongir Ortiqxo‘jayevni qat’iy ogohlantirdi

Videoselektorda Toshkent shahar hokimi, birinchi o‘rinbosari va soliq boshlig‘i qat’iy ogohlantirildi. Farg‘ona va Xorazm viloyatlari hokimlari 1-o‘rinbosarlari lavozimiga loyiqligini ko‘rib chiqish topshirildi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida mahallabay ishlash tizimi natijadorligini oshirish hamda aholi bandligini ta’minlash masalalari yuzasidan videoselektor yig‘ilishida tizimdagi oqsoqliklar qat’iy tanqid qilindi.

«Hali 40 foiz mahallada hokim yordamchilarining ishida natija ko‘ringani yo‘q. 

Misol uchun, 450 ta mahallada ishsizlik darajasi 20 foizdan yuqori.

Bunday mahallalar soni Toshkent viloyatida – 59 ta, Farg‘onada – 52 ta, Andijonda – 45 tani tashkil etib, qolgan hududlardan ko‘p», dedi prezident.

Shu munosabat bilan Toshkent shahar hokimi, birinchi o‘rinbosari va soliq boshlig‘i qat’iy ogohlantirildi. Farg‘ona va Xorazm viloyatlari hokimlari 1-o‘rinbosarlari lavozimiga loyiqligini ko‘rib chiqish topshirildi.

Shuningdek:

  • Oltinko‘l tumani, Zarafshon shahri hokimlari; 
  • Bekobod, Oqqo‘rg‘on, Kosonsoy, Nishon, Izboskan, Qo‘rg‘ontepa, Shovot, To‘rtko‘l, Tomdi, To‘raqo‘rg‘on, Qumqo‘rg‘on, Farg‘ona tumanlari, Navoiy, Kattaqo‘rg‘on shaharlari hokimlarining 1-o‘rinbosarlari;
  • Karmana, Forish tumanlari prokurorlari;
  • Yangiyer, Shahrisabz shaharlari, Forish tumani IIB boshliqlari;
  • Nurota, Muzrabot, Shahrisabz, Mirzacho‘l tumanlari soliq boshliqlari;
  • respublikadan 11 nafar vakil lavozimidan ozod etildi.

Mavzuga oid